
Mashhur futbolchi Husanovga yordam beradigan bo‘ldi
“Manchester Siti” faoliyatini muntazam yoritib kelayotgan nufuzli manbalardan biri – cityxtra.co.uk portali jamoa etakchilaridan Yoshko Gvardiolning yosh hamkasblari – Abduqodir Husanov va Vitor Reys haqidagi fikrlarni e’lon qildi.
Sports.uz portali ushbu maqolani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni ma’qul topdi.
- Yoshko Gvardiol Xosep Gvardiola jamoasining himoya chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytirgan “Manchester Siti”ning yosh markaziy himoyachilari Abduqodir Husanov va Vitor Reys iste’dodini yuqori baholadi.
Bu ikki o‘yinchi jamoaga 2024-2025 yilgi mavsumning qizg‘in pallasida – ko‘p sonli jarohatlar “Manchester Siti” himoya chizig‘ini barbod qilgan va Gvardiolani murabbiylik faoliyati davomida murakkab vaziyatga qo‘ygan eng qiyin paytda shoshilinch tarzda olib kelindi.
2023 yili “Leyptsig”dan transfer qilingan Yoshko Gvardiol esa, “Manchester Siti”ning yakunlangan mavsumda eng zo‘r o‘yinchisi bo‘ldi. Biroq “Manchester Siti” bu yil Angliya Premer-ligasida qatorisiga beshinchi bor g‘olib chiqish vazifasini uddalay olmadi va 71 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi xolos.
“Shahaliklar” Evropa Chempionlar ligasidagi yurishini 1/8 finalda to‘xtatdi. Anliya kubogi finalida “Kristal Pelas”dan mag‘lubiyatga uchrab, sovrindan quruq qoldi.
Shunga qaramay, jamoa mamlakatdagi va Evropa maydonlaridagi raqobatchilariga munosib qarshilik ko‘rsatish maqsadida yanvar oyidan beri 300 million funt sterling sarflab, tarkibiga sakkizta yangi futbolchini qo‘shib oldi. Bu yangi mavsumda barcha turnirlarda bosh sovrin uchun kurashish maqsadida qilindi.
Gvardioldan 2024-2025 yilgi mavsumda asosan chap qanot himoyasida foydalanishdi, biroq chempionatning ikkinchi yarmida unga Ruben Diash bilan birga himoya markazi topshirildi. Shu tariqa, jamoada bu pozitsiyada aqlboqar qilmas raqobat vujudga keldi.
Husanov va Reys Gvardiola tarkibida keyingi mavsum uchun ham qoladi. 21 va 19 yoshli navqiron markaziy himoyachilar sekin-asta qarib borayotgan “Manchester Siti” himoyasiga yangi “havo” olib kirdi.
Endi ikki yil avval klubga kelgan 23 yoshli Gvardiol ham o‘zini faxriy o‘yinchilardek his qilmoqda.
- Men o‘zimni qariyadek his qilyapman. O‘zim 23 yoshdaman, jamoada Husanov va Reys kabi yoshlarni ko‘rish juda yoqimli bo‘ldi. Ularga qarab, o‘zimni ancha ulg‘ayganimni angladim.
Xuddi kattalar menga yordam berishganidek, men ham ularga ko‘mklashishga tayyorman. Ular biz bilan birga ekanidan xursandman.
Ular o‘z vazifalarini juda yaxshi uddalayapti, ikkisi ham hali juda yosh, lekin men Husanov va Reysning kelajagi porloq ekaniga aminman, - dedi Yoshko Gvardiol.
“Manchester Siti” avgust oyida yangi mavsumni boshlagunga qadar “Manchester Siti” markaziy himoyachilaridan kimdir klubni tark etadi. Ayniqsa, yoshi o‘tib qolayotgan Jon Stounzning amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qolgani fonida bu masala dolzarb ahamiyat kasb etadi, - deb yozdi cityxtra.co.uk portali eksperti Vayam Laxoti.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidagi birinchi uchrashuvini 16 avgust kuni safarda “Vulverxempton”ga qarshi o‘tkazishi belgilangan.
Fanatlar bosimi boshlandi: Gvardiola, Husanovni o‘ynatasanmi?
Shomurodovning transferi qanchaga tushdi?
Shomurodov transferining so‘nggi shartlari ma’lum bo‘ldi
Gvardiola Husanovni o‘ynatmagani qozog‘istonliklar e’tiroziga sabab bo‘ldi
Tezkor: Shomurodov qaysi jamoani tanladi?
Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!
Gvardiolaga aynan Husanov etishmadi!
“Siti” Husanovning sherigi bilan muzokara boshladi
Husanov, Xolandni tabriklab qo‘y!
Yangi murabbiy Fayzullaevga qanday baho berdi?
Fikrlar