
Messi “Barsa”ga katta ziyon etkazdi
“Barselona” va Lionel Messi o‘rtasida yuz bergan kelishmovchiliklar shundoq ham moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan klubga 25 million evro miqdorida zarar etkazdi.
Yaponiyaning Rakuten kompaniyasi Messi bilan bog‘liq muammo kelib chiqqanidan keyin “Barselona”ga homiylik bo‘yicha dastlab rejalashtirilganidek 55 million o‘rniga 30 million evro o‘tkazish bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.
Mutaxassislar ham homiylik mablag‘larining qisqartirishi yapon kompaniyasining pandemiyadan zarar ko‘rayotganiga emas, balki Messi atrofidagi voqealarga bog‘liqligini tasdiqladi.
Fikrlar