Mourino Shomurodovni o‘ynatmay, Belottini kutayotganini ko‘rsatdi!

  • 15 avgust, 2022, 18:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” A Seriya yangi mavsumini qiyin g‘alaba bilan boshladi. Joze Mourino shogirdlari Salerno shahrida “Salernitana” jamoasi mehmoni bo‘lib, kichik hisobda zafar quchishni uddaladi.

Tecno

O‘yin oldidan ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar e’tiborini portugaliyalik mutaxassis jamoadan ketishi kutilayotgan Eldor Shomurodovni o‘yinga olib kelgani tortdi. Biroq, Mourino ilk uchrashuvda oldingi chiziqqa uch yulduz – Temmi Abraxam, Paulo Dibala va Nikolo Dzanoloni qo‘ydi.

Buni qarangki, bu yulduzlar asosiy vazifasi – gol urishni uddalay olmadi. Jamoa joniga 33-daqiqada to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ygan yarim himoyachi Brayan Kristante oro kirdi.

Bryan-Cristante-celebrate-703x400

Joze Mourino ikkinchi bo‘limda Temmi Abraxam, Paulo Dibala va Nikolo Dzanoloni zaxiraga olib, ular o‘rniga Nemanya Matich, Jorjino Veynaldum va Stefan El-Shaaravini tushirdi.

Jamoa bir to‘p farqi bilan g‘alabani saqlab qoldi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida “Roma” ustozi o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Agar biz 3:0 yoki 4:0 hisobida yutganimizda o‘zimni baxtliroq his qilishim mumkin edi. Garchi jamoa urishi kerak bo‘lgan gollardan quruq qolgan bo‘lsa-da, vaziyatni nazorat qilish borasida ancha puxta o‘yin ko‘rsatganidan mamnunman.

Odatda, uch-to‘rtta qulay vaziyatni boy berganingda, oqibati xunuk tugar edi, lekin bu gal biz bundan umuman ziyon ko‘rmadik. Dibala va Dzanolo kamida ikkitadan gol urishi mumkin edi. Lekin men ular ayrim holatlarda fantastik o‘yin namoyish etganini nazardan qochira olmayman, - dedi Joze Mourino.

Uchrashuvni tahlil qilayotgan mutaxassislar Mourino ikkinchi bo‘lim davomida hujum uchligidagi Dibala, Abraxam va Dzanoloni o‘yindan olib tashlab, ularning o‘rniga yarim himoyachilarni tushirganiga alohida e’tibor qaratdi. Ekspertlar bu vaziyatda Mourino hujum markazida o‘ynay oladigan Eldor Shomurodovni o‘yinga qo‘shmay, klub xo‘jayinlariga italiyalik hujumchi Andrea Belottini tezroq olish kerakligini, jamoa Abraxam, Dibala, Dzanolo darajasidagi yangi to‘purarga muhtoj ekanini ko‘rsatmoqchi bo‘lganini ta’kidlashmoqda.

Mourinoning o‘zi qaltis hisob bo‘lib turganda bahsni markaziy hujumchisiz yakunlaganiga izoh berardi. Uning gaplari mutaxassislarning Belotti haqidagi taxminlarini tasdiqladi. 

Hujumdagi o‘yinchilarda charchoq sezilgani bois, ular o‘rniga Matich va Veynaldumni tushirdim. Bu yarim himoyachilar o‘yinni “o‘ldirish” uchun tushgani yo‘q. Ulardan vaziyatni nazorat ostida ushlab turish talab qilindi.

Agar siz mendan bugun zaxiraga olingan asosiy hujumchilar darajasidagi forvardlarga ega bo‘lish istagi haqida so‘rasangiz, men buni tasdiqlayman. Bu aynan “Manchester Siti”, “Liverpul” va Italiyaning ayrim klublari amalga oshira oladigan holat, - dedi Joze Mourino.

Aslida Joze Mourino yozgi transferlar vaqtida o‘zi istagan deyarli barcha o‘yinchilarni qo‘lga kiritdi. Hozircha, birgina Andrea Belotti  ushalmagan orzu bo‘lib turibdi.

Italiya terma jamoasi hujumchisi “Torino”dan ketganidan beri erkin agent sifatida yuribdi. Belottining o‘zi “Roma”ga o‘tishga tayyor va klub bilan shaxsiy shartnomani kelishib olgan.

Lekin bu transfer amalga oshishi Eldor Shomurodovning klubdan ketishiga bog‘liq bo‘lib turibdi. “Roma” hujumchilardan biridan qutilmaguncha Belotti bilan hamkorlik o‘rnata olmaydi.

andrea-belotti-ne-hochet-perehodit-v-zenit_1627747681871193686

Bir necha klubning Shomurodov bo‘yicha muzokaralari ijobiy samara berayotgani yo‘q. Kelasi hafta “Roma” mutasaddilari bu masala yuzasidan “Trabzonspor” va “Bolonya” vakillari bilan navbatdagi muzokarani o‘tkazadi.

Mourino mag‘lubiyatda Shomurodovni ayblagan o‘yinni esga oldi!

Shomurodovga hech qachon xaridor bo‘lmaganmiz!

“Roma” Shomurodov uchun so‘rayotgan yangi narx “Bolonya”ni jumbushga keltirdi!

Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!