O‘runov “Real”ga borsin, Anchelotti yangi futbolchi qidiryapti!

  • 26 oktabr, 2022, 23:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining iqtidorli futbolchisi Oston O‘runovning Rossiya premer ligasidagi faoliyati ko‘ngildagidek ketmayapti.

Tecno

2020 yili yozda “Spartak” bilan shartnoma imzolaganidan keyin faoliyatida keskin pasayish boshlangan 20 yoshli futbolchimiz uzoq muddat mavhumlikdan qiynalgandi. Ma’lum muddat “Spartak”da, keyin “Ufa”da o‘ynagan Oston O‘runov ikki oy muqaddam moskvaliklar bilan shartnomani bekor qilib, premer-liganing boshqa vakili – “Ural” safiga qo‘shilgandi.

volga_54

Legonerimiz bu jamoa bilan 2024 yilning yarmigacha davom etadigan bitim imzolagandi. Lekin Oston Ekaterinburg shahriga  ham sig‘dirmadi. “Ural” klubi tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilganini rasman ma’lum qildi.

O‘runov “Ural” jamoasida uchta uchrashuvda maydonga tushib, jami 79 daqiqa harakat qildi va biror samarali natija qayd etgani yo‘q.

Ostonning “Ural”dan ketgani haqidagi xabarlar tarqalishi bilan Rossiya futboliga aloqadar mutaxassislar va futbolchilar o‘z munosabatlarini bildira boshladi. Xususan, “Spartak”ning sobiq futbolchisi Aleksandr Prudnikov ham O‘runov haqida fikr bildirdi.

- Men “Real” yangi futbolchi qidirayotgani haqida eshitdim. Balki O‘runovning “Ural”dan ketishi o‘shu bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Jiddiy gapiradigan bo‘lsam, bu yigit o‘z vaqtida “Spartak”da nimalar qilgani haqida tushuncham ham yo‘q. Kelajakda O‘runov ancha qiynaladi, deb o‘ylayman.

Agar u bugun ancha kuchsizlangan chempionatda, ayniqsa, Rossiya premer-ligasining yuqori qatorlarida bo‘lmagan jamoalarda ham o‘z o‘rnini topa olmagan bo‘lsa, bundan keyin ham unga hech narsa oson bo‘lmaydi.

Shuni tushinish kerakki, agar O‘runov maydonda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olganida, u bilan hech kim xayrlashmas edi.

Birinchi ligaga o‘tishi kerakmi? Yo‘q, u erlarda borolmaydi. Chunki boshqa shaharlarda Moskvadagi kabi qimmatbaho magazinlar yo‘q. U markazga yaqinroq bo‘lishi uchun premer-ligada qolishi kerak. Do‘konlarsiz ishi bitmaydi, - dedi hazil aralash o‘z qarashlari ma’lum qilgan Aleksandr Prudnikov.

Aslida Aleksandr Prudnikovning o‘zi ham katta futbolda yuqori darajaga ko‘tarila olmagan. “Spartak” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan hujumchi asosiy jamoada 33 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta gol urgan va eng katta yutug‘i – 2007 yilda Rossiya chempionatida kumush medalga sazovor bo‘lgan xolos.

Professional faoliyatining katta qismini Rossiya, Chexiya, Latviya, Armaniston va Belarusning turli jamoalarida o‘tkazgan. Hech qaysi klubda uzoq qolmagan va umumiy hisobda 15 ta jamoa uchun to‘p tepgan.

Oston O‘runov klub miqyosidagi faoliyatida murakkabliklarga duch kelayotganiga qaramay, O‘zbekiston milliy terma jamoasida yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgani ahamiyatli. Qisqa tanaffusdan keyin mamlakatimiz bosh jamoasiga qaytarilgan hujumkor futbolchi jahon chempionati ishtirokchisi – Kamerun bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvida afrikaliklar darvozasini ishg‘ol qildi.

large_36

Oston O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasida shu kunga qadar ettita uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga bir juft to‘p kiritgan.

O‘zbekiston terma jamoasiga ikkita gol urgan futbolchini “Real” chaqiryapti

Shomurodov o‘rniga Ronaldu!

“Roma” yutqazdi, Shomurodov “sehrli tayoqcha” bo‘lolmadi, g‘azablangan Mourino nimalar dedi?

O‘zbek legioneridan boshqasini zo‘r, deb bo‘lmaydi!

Italiyalik muxlislar Shomurodov transferiga qanday munosabatda?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
салахидин
27/10/2022 07:40
Анчелоттини кузи учиб тургани йук
Akram Haedarov
26/10/2022 10:00
Man hardoyim aytganman Ostonda harakter bilan muommosi bor. Rassiyaga borishi bilan brendivoy magazindan kiyinib inst.ga qoyib maqtangan detskiy bola shuda. Bundan ortig'ini kutish qiyin masala