
O‘runov uchun esdalik surat (foto)
Rossiya premer-ligasining oltinchi turiga kelib, o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov “Spartak” jamoasida debyutini nishonladi.
Hamyurtimiz “Arsenal”ga qarshi uchrashuvning 69-daqiqasida jarohat olgan Gus Til o‘rniga o‘yinga qo‘shildi. “Spartak” matbuot xizmati vakillari Oston O‘runovni jamoa o‘yinchisi sifatida maydonga tushgan ilk lahzalarini fotosuratga muhrladi.
Bu surat Oston O‘runov uchun endi tarixiy ahamiyat kasb etadi.
Fikrlar