O‘tgan mavsumni "Nasaf"da o‘tkazib, transferi "Mash’al"ga tegishli bo‘lgan futbolchi "Bunyodkor" ko‘rigida

  • 04.01.2020 15:17
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yakunlangan mavsum "Nasaf" sharafini himoya qilgan Sardor Abduraimov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqin.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, transferi "Mash’al" klubiga tegishli hisoblangan yarim himoyachi "Bunyodkor" yig‘inida qatnashmoqda. Uning harakatlari murabbiylarga ma’qul kelsa, Abduraimov bilan shartnoma imzolanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Sardor Abduraimov bir yilga "Mash’al"dan "Nasaf"ga ijraga berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval "Bunyodkor" klubi "Nasaf" hujumchisi Humoyun Murtozaev bilan shartnoma imzolagani borasida xabar bergandik

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!