O‘zbek legionerlarining qadri o‘tyapti

  • 8 may, 2021, 04:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘tgan yildan beri o‘zbekistonlik futbol muxlislari Belarus chempionatining oliy liga bahslarini alohida e’tibor bilan tomosha qilib kelmoqda. Bunga o‘tgan mavsumda Jasur Yaxshiboev, Shahboz Umarov va ikkinchi davradan Humoyunmirzo Iminov kabi legionerlarimiz Belarus chempionatida  munosib to‘p tepgani sabab ekanini yaxshi bilasiz. “Energetik-BGU” jamoasi orqali Evropa qit’asidagi chempionatga kirib kelgan bu futbolchilarimizning yo‘li ochilib ketgani ham rost.

“Shaxtyor”ga o‘tib, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan Jasur Yaxshiboev kuni kecha Polsha chempionatida chempion jamoa – “Legiya” safida debyutini nishonladi. Uning soligorskliklar tarkibidagi o‘rnini bu yildan e’tiboran, Shahzod Ubaydullaev egallagani hamyurtlarimizning bu jamoaga muxlis qilishda davom etishini ta’minladi.

108584_680

Shahboz Umarov “Energetik-BGU”dan chempionlik uchun kurashadigan qudratli jamoa – BATE safiga taklif etildi. Hozir Shahboz borisovliklarning etakchilaridan hisoblanadi. Humoyunmirzo Iminov esa katta tajriba bilan yurtimizga qaytdi va o‘zbek futbolida ham o‘z o‘rnini topishga intilmoqda.

Belaruslik mutaxassislar ushbu mamlakat futboliga Jasur va Shahboz singari legionerni kashf etib bergan “Energetik-BGU”ga ana shu o‘zbek ftubolchilarining qadri o‘tayotganini ta’kidlamoqda. Bunga minsklik talabalarni joriy chempionatni muvaffaqiyatsiz boshlagani sabab bo‘ldi. “Energetik-BGU” ettita o‘yindan bittasida g‘alaba qozondi va ikki marta durang o‘ynadi, qolganlarida mag‘lubiyatini tan oldi va musobaqa jadvalida besh ochko bilan 12-pog‘onaga tushib qoldi. O‘tgan yili esa, ular may oyiga kelib, 12 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda edi. O‘shanda dastlabki sakkizta turdagi beshta g‘alabaga Jasur Yaxshiboev oltita goli bilan munosib hissa qo‘shgandi.

- O‘tgan mavsumda “Energetik-BGU” muvaffaqiyatini Shahboz Umarov (4 ta gol + 3 ta golli pas) va “Shaxtyor”ga o‘tgunicha Jasur Yaxshiboev (9 ta gol + 3 golli pas), shuningdek, chernogoriyalik Dushan Bakich (8 ta gol + 5 golli pas)  ta’minlagan edi. Hozir bu uch futbolchining qadri o‘tyapti. Umarov  BATE safida porlay boshladi. Yaxshiboev Polshada debyut qildi, Bakich esa “Dinamo-Minsk” zaxirasida o‘tiribdi. Ularning o‘rniga taklif qilingan o‘yinchilar hali o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q, - deb yozmoqda by.tribuna.com sayti ekspertlari.

551783_original

Bu yil Belarus futbolida ikki vakilimiz – Shahboz Umarov va Shahzod  Ubaydullaev javlon urayotganini yuqorida aytdik. Ular o‘ynayotgan “Shaxtyor” va BATE  jamoalarining chempionatdagi  ishlari besh.

Chempionlik unvonini munosib himoya qilayotgan “Shaxtyor” ketma-ket ettita uchrashuvda zafar quchgan yagona jamoa sifatida peshqadamlik qilmoqda. Adolat yuzasidan Shahzod Ubaydullaev asosiy tarkibga kirishga qiynalayotganini aytish joiz. U uchta uchrashuvda qatnashib, bir marta penalti ishladi xolos.

Belarus futboliga moslashgan Shahboz Umarov esa BATEda ham o‘zini ko‘rsata boshladi. Hamyurtimiz ettita uchrashuvda uchta gol urdi. Borisovliklar beshta g‘alaba va ikkita durang bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Oliy liganing sakkizinchi turida har ikki legionerimiz jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Markaziy uchrashuvga 9 may kuni Soligorsk shahri mezbonlik qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

img_SaZttK_600

Bundan tashqari, Shahboz Umarov 23 may kuni Belarus kubogining finalida ishtirok etadi. BATE shu kuni  Gomel shahridagi "Markaziy" stadionidagi hal qiluvchi bahsda “Isloch” bilan kuch sinashadi.

Transfermarkt o‘zbekistonlik to‘purarning Angliya klubiga o‘tish imkonini baholadi!

A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti!

Ikki klub O‘runov sababli tortishyapti!

Shomurodovning ortidan kim boradi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!