O‘zbekistonning Misr ustidan g‘alabasi xorijda qanday baholandi?

  • 15 noyabr, 00:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milli terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lajak jahon chempionatida qatnashadigan to‘rt terma jamoa ishtirok etayotgan Xalqaro Al-Ayn kubogi (Al-Ain International Cup-2025) musobaqasini g‘alaba bilan boshladi.

Tecno

Bu musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari Mirs, Kabo-Verde va Eron futbolchilari to‘p tepmoqda. Fabio Kannavaro shogirdlari birinchi uchrashuvda Muhammad Saloh etakchiligidagi Misr terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Har ikki golga Oston O‘runov mualliflik qildi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining bu g‘alabasiga rossiyalik futbol ekspertlari o‘z munosabatini bildirdi.

Aleksandr Troitskiy, jurnalist:

O‘zbekiston terma jamoasi Misrdan 2:0 hisobida ustun keldi va Birlashgan Arab Amirliklari mezbonlik qilayotgan musobaqaning finaliga yo‘llanma oldi. Endi o‘zbeklar hal qiluvchi bahsda Eron vakillari bilan o‘ynaydi.

Aslida o‘zbekistonliklar Misr terma jamoasi ustidan yanada yirik hisobda zafar quchishi mumkin edi. Bu masalani birinchi bo‘limdayoq hal qilish imkoni bor eji. Dublga erishgan Oston O‘runov shedevr golini yana takrorlashga yaqin kelgandi, biroq darvozabon zarbani qaytardi. Eldor Shomurodov esa, ikkita qulay vaziyatni barbod qildi.

Misr haqida nima deyish mumkin? Ular juda bo‘sh o‘ynadi. Ayniqsa, himoyada o‘yin o‘xshamadi. Hozirdan uzoqni ko‘zlagan xulosalar chiqarib bo‘lmaydi, lekin Fabio Kannavaro qo‘l ostida O‘zbekiston terma jamoasi Srechko Katanets davriga nisbatan  ancha kreativ o‘ynagani, hujum chizig‘ida “ikkinchi qavatda“ ishonchli harakat qilganini qalamga olish zarur.

O‘zbekistonlik futbolchilarning bunaqa o‘yinini tomosha qilish ancha mamnuniyat bag‘ishladi.

Ivan Karpov, insayder:

Oston O‘runov besh nafar misrlik futbolchini aldab o‘tib, gol urdi. “Spartak”ning sobiq futbolchisini Afrika terma jamoasi himoya chizig‘i uchun to‘xtatib bo‘lmas raqibga aylandi.

Har ikki terma jamoa 2026 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgan. O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor AQSh, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘ladigan  mundialda ishtirok etadi.

Ta’kidlash joizki, Fabio Kannavaro bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi  Al-Ain International Cup-2025 musobaqasining finalida Eron futbolchilari bilan kuch sinashadi. Eronliklar birinchi uchrashuvda Kabo-Verde bilan bilan golsiz durang o‘ynadi va penaltilar seriyasida 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston va Eron ishtirokidagi hal qiluvchi bahs 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Tezkor: Misrning mashhur yulduzi O‘zbekistonga qarshi o‘ynamaydigan bo‘ldi

Husanov Muhammad Saloh bilan yangi duelga tayyormi?
Husanovga kim ustozlik qiladi?
O‘zbekistonning shov-shuvli g‘alabasiga qanday munosabat bo‘ldi?
O‘zbekiston Xorvatiyadan o‘toladimi? Imkoniyatlarga baho berildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!