
Pirlo Ronalduga bir gap aytdi!
A Seriyaning 8-turida “Kalyari”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan “Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo gollar muallifi Krishtianu Ronalduning kayfiyatini ko‘tardi.
- O‘yinchilar terma jamoadan qaytganida ularning diqqatini jamlash qiyin bo‘ladi. Biz bu borada ko‘p ishladik. Ronaldu haqiqiy professional, u o‘yinda va mashg‘ulotlarda boshqalarga o‘rnak bo‘lyapti. Unga aytishim mumkin bo‘lgan yagona maslahatim – xuddi shunday davom et, - dedi Andrea Pirlo.
“Yuventus” ushbu g‘alabadan so‘ng, ochkolari sonini 16 taga etkazib, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar