
Raneri gol ura olmayotgan Shomurodov haqida nimalar dedi?
A Seriya debyutanti “Kalyari” oltinchi tur uchrashuvida o‘z maydonida “Milan”ni qabul qilib, o‘yinda hisobni ochganiga qaramay, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Klaudio Raneri shogirdlari bu mag‘lubiyatdan keyin musobaqa jadvalining eng oxirgi pog‘onasiga tushib qoldi. “Milan” esa, ochkolari sonini 15 taga etkazib, birinchi o‘rinda turgan “Inter” bilan tenglashib oldi. Ushbu bellashuvda Eldor Shomurodov 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, bu gal ham golsiz seriyasiga barham bera olmadi.
Navbatdagi mag‘lubiyatdan keyin “Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
O‘yin haqida
Biz zo‘r o‘yin o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda ham, o‘yinning ikkinchi yarmida ham yaxshi o‘ynadik. Men shogirdlarim qanday o‘ynayotganidan faxrlanaman. Lekin maydonning narigi tomonida raqibimiz chempion bo‘lgan jamoa edi.
O‘yin uslubi haqida
Biz o‘yinni orqadan boshlab to‘pni oldingi chiziqdagi Andrea Petanya va Zito Lumuvboga etkazib berishga harakat qildik. Bu orqali “Milan”ning ustun jihatlarini kesib qo‘yishga urindik. Ular bizning xatolarimizdan foydalanishni maqsad qilgan edi. Raqibning birinchi goli shundan kelib chiqdi. Biz mag‘lubiyatni tan olishimiz kerak.
Jamoa taslim bo‘lmasligi haqida
Bu jamoa kurashishda davom etimoqda va bu yo‘lda bir daqiqa ham to‘xtamaydi. Biz quyi ligaga tushib ketishdan qutilib qolishimiz kerak va bu oson bo‘lmasligi aniq. Men juda yaxshi o‘yin o‘tkazgan jamoamdan faxrlanaman. Shu o‘rinda, raqibimiz “Milan” bo‘lganini unutmang. Bu chempion va qudratli jamoa. Jamoa bor kuchini bergani bu gal foyda keltirgani yo‘q, lekin biz taslim bo‘lmaymiz.
Radunovichning xatosi haqida
Darvozabon Boris Radunovich yana xatoga yo‘l qo‘ydi. Men u bilan gaplashib olaman. U yog‘ini o‘ylashib ko‘ramiz. Bizda Skaffet ham bor, juda yaxshi darvozabon. “Kalyari” zo‘r o‘yinchilardan tarkib topgan yaxshi jamoa. O‘zimizni o‘zimiz qutqarishimiz kerak. Oxirigacha kurashamiz.
Berilmagan penalti haqida
Luvumboga nisbatan penalti bormidi yoki yo‘qmidi, bu qiziq emas. Men yigitlarning o‘yinidan mamnun bo‘ldim. Chempionat oldidan bunaqa jarimalar berilmasligini bilardik.
Raqib haqida
Birinchi bo‘limni “Milan”ga berdik. Biz ularning jarima maydonchasi ichida ularni bosim ostida ushlab tura olmadik. Biz xavfliroq o‘ynadik, lekin darvozamizni himoya qilishda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ydik. Ular tayyom oxirida ikkita gol urdi. Ikkinchi bo‘limda himoyada o‘ynashdan ma’ni yo‘q edi. Biz oldinga bosdik. Maydonni boshimizni baland ko‘targan holda tark etishga loyiq o‘yin ko‘rsatdik.
Shomurodov haqida
Bugungi uchrashuv oson bo‘lgani yo‘q. Eldor Shomurodov hali ham 100 foizga tayyor emas. Legionerimiz boshqa hujumchilarga o‘xshamaydi. U o‘zining jismoniy holatini yaxshilab olishi kerak. Hozircha, bizga eng tez moshlashgani Zito Luvumbo bo‘lib turibdi.
Men Eldor Shomurodov ham tez orada o‘z darajasiga ko‘tarilishiga umid qilaman. Chunki Janluka Lapadulaning qaytishiga bir oydan ko‘proq vaqt bor.
“Kalyari” A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvini 2 oktyabr kuni safarda “Fiorentina”ga qarshi o‘tkazadi.
Abbosbek Fayzullaev Ispaniyaga yo‘l olishi kerak...
Fayzullaev Evropaga ketmoqchi edi...
Fayzullaev qaerda o‘ynashi kerakligini aytishdi
Shomurodovdan gol urishni talab qilishyapti!
Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?
Fikrlar