“Roma” fanatlari Shomurodov va jamoadoshlarining "po‘stagini qoqdi"!

  • 22 oktabr, 2021, 19:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Konferentsiyalar ligasi g‘olibligiga asosiy da’vogarlardan bo‘lgan “Roma” guruh bosqichining uchinchi turida Norvegiyada sharmanda bo‘ldi. Ushbu uchrashuv oldidan g‘alaba qozonishi kutilgan rimliklar 1:6 hisobida qaqshatqich zarbaga uchradi.

Tecno

Rim dunyoning tarixiy mamlakati, qadimiy poytaxt, katta imperiyaning markazi bo‘lgan. “Budyo-Glimt” jamoasi sharafini himoya qiladigan Budyo shahrida esa atigi 45 ming oli istiqomat qiladi. Yilning aksariyat qismida sovuq hukmronlik qiladigan shu kichkina shaharcha futbolchilari futbol markazlaridan hisoblangan Rimni tiz cho‘ktirdi.

rued644cbd078

O‘yinning birinchi bo‘limini 2:1 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan “Budyo-Glimt” futbolchilari keyingi 45 daqiqalikda “Roma” futbolchilarini sharmanda qilib tashladi. Joze Mourino o‘yinni qutqarib qolish maqsadida, tanaffusdan so‘ng maydonga Eldor Shomurodov, Brayan Kristante va Genrix Mxitaryanni tashladi. Keyinroq, yordamga Temmi Abraxam va Lorentso Pellegrini qo‘shildi.

Biroq, mezbonlar raqibning jangovar tarkibini parchalab tashladi va yana to‘rtta gol urdi. Dahshatli hisob – 6:1.

 Joze Mourino uzoq yillik faoliyati davomida ilk bor oltita to‘p o‘tkazilgan mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Bungacha, portugaliyalik mutaxassis shogirdlari ko‘pi bilan beshta to‘p o‘tkazgan. Bu 2010 yili “Real” va “Barselona” o‘yinida yuz bergan. Bu gal kichkinagina jamoa Mourinoni tiz cho‘ktirdi. “Napoli”ga qarshi bo‘ladigan uy uchrashuvidan oldin, kayfiyat er bilan bitta bo‘lgani aniq.

Yana bir qiziq ma’lumot – uchrashuvda dubl qayd etib, uchta golli pas uzatgan Erik Botxeym jahonning eng zo‘r hujumchilaridan biri Erling Xolandning yaqin do‘sti ekan. 21 yoshli bu futbolchi Norvegiyada etishib chiqayotgan to‘purar hujumchilar avlodining  yana bir kelajagi porloq vakilidir.

ruea4fc97304a_1

Aytishlaricha, Erling Xoland “Budyo-Glimt” jamoasining har bir uchrashuvini tomosha qilar ekan. Kechagi tarixiy o‘yin ham bundan mustasno emas.

“Roma” uchun yirik hisobdagi mag‘lubiyatlar odatiy hol hisoblanadi. Mourinogacha ham bu jamoa qaqshatqich zarbalarni qabul qilib olgan. So‘nggisi 2019 yili Italiya kubogida “Fiorentina”dan qabul qilib olgan – 1:7. Xuddi shu hisob Evrokuboklarda “Manchester Yunayted”  va “Bavariya” bilan o‘yinlarda ham qayd etilgan.

O‘tgan yili ilk marotaba Norvegiya chempionati g‘olibiga aylangan “Budyo-Glimt” futbol olamida eng shimoliy hududdan chiqqan chempion sifatida tarixga kirgan.

“Budyo-Glimt”ga qarshi o‘yinda JozeMourino shogirdlarini qo‘llab-quvvatlash uchun sovuq o‘lkaga Rimdan 400 nafardan ziyod ashaddiy muxlis tashrif buyurdi. G‘alaba ilinjida kelgan italiyaliklar Mourinoning eksperimenti – zaxira kuchlaridan foydalanish taktikasi tufayli qaqshatqich mag‘lubiyat guvohiga aylandi. To‘g‘risi, ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shilgan asosiy futbolchilar ham hech narsani qoyillatgani yo‘q, aksincha hisob yirik ko‘rinishga kelib qoldi.

- Men shu tarkibni tanlaganim uchun mag‘lubiyat uchun javobgarlik mening bo‘ynimda. Yaxshi niyatda shunday qilgan edim. Mashg‘ulotlarda ko‘p ter to‘kayotgan zaxiradagi o‘yinchilarni maydonga tushirdim. Havo sovuq va maydon sun’iy qoplamali bo‘lgani uchun asosiy tarkibning aksariyat futbolchilarining hordiq chiqarishiga imkon berdim, - dedi Joze Mourino.

Uchrashuvdan so‘ng, “Roma” futbolchilari muxlislardan uzr so‘rash uchun ular joylashgan tribunaga bordi. Futbolchilarning o‘yini va ular qayd etayotgan natijadan norozi bo‘lgan fanatlar ularga baqir-chaqir qilgani aytilmoqda.

1634848252908650201_1

Endi “Roma” yakshanba kuni A Seriyaning 9-turi markaziy uchrashuvida mag‘lubiyatsiz birinchi o‘rinda borayotgan “Napoli”ni qabul qiladi. Bu bellashuv boshi egilib qolgan  Joze Mourino va uning shogirdlari uchun muxlislar va butun Rim shahri aholisi oldida o‘zini oqlab olish uchun juda yaxshi imkoniyatdir.

Legionerimiz jamoasiga yordam berolmaydi, ustozi esa klubni tark etadi!

Shomurodovga yanada qiyin bo‘ladi. Mourino Angliyadan yana bir yulduz hujumchini olmoqda!

Mourino: Konor MakGregorga yo‘q deyolmadim!

Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!

Evropadagi legionerlarimiz: Alamli mag‘lubiyat, bitta gol va tuzalmagan jarohat!

Aqling bo‘lsa, “Roma”ga o‘t!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Х. Тухтаев
22/10/2021 07:15
Мен ўйлашимча Романи рақиби жуда Оддий ва бир биридан тўпни тўпни қизганмасдан ўйин курсатган булса Ромага совуқ таъсир қилдими ўйин чиқмади. Грандларни,,,

жамоавий оддийгина ютса бўларкан.
&
Бухорий Шариф
22/10/2021 20:53
9- турда Римда Ниаполини ютса Романи муҳлислари кечиради мағлубят учун.
&
Бухорий Шариф
22/10/2021 20:42
45 минг оли истиқомат қилади. Бу нима дегани очиғи тушнмадим.
45 мингта оилами???? 45 мингта одамми. Будё шаҳрида аниқроқ беҳато ёзинглар акалар...
Anvar Abduazizov
22/10/2021 19:10
Bitta yangilikni ellik marta ko‘rsatadi shu ilova (SPORTS UZ).