“Roma” muxlislari Shomurodovning ketishiga munosabat bildiryapti!

  • 5 iyul, 2023, 20:50
  • 4
  • Futbol

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto “Spetsiya”da ijara muddati tugagan Eldor Shomurodovga boshqa jamoa topishga harakat qilmoqda.

Katta ehimol bilan Joze Mourino keyingi mavsumda o‘zbek hujumchisiga boshlang‘ich tarkibdan joy bermaydi.  Eldor yana zaxirada o‘tirib, o‘yin amaliyotisiz qolib ketish mumkin.

Eldor_MP1_6935

Ayni paytda Turkiya chempioni “Galatasaroy” O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorini ijaraga olish bo‘yicha rimliklar bilan muzokara olib bormoqda.

Turk granti mavsum yakunlangach, ikki to‘purari – Mauro Ikardi va Bafetimbi Gomis bilan xayrlashdi. Argentinalik hujumchi o‘tgan chempionatda 22 ta gol urib, chempionlikka katta hissa qo‘shdi. Frantsiyalik forvard esa raqiblar darvozasini 8 marotaba ishg‘ol qilgandi.

Turkiya futbol federatsiyasi qaroriga ko‘ra, turkiy mamlakatlar futbolchilari Superligada legioner hisoblanmaydi. Shu bois, “Galatasaroy” Shomurodovni olishga qattiq kirishgan. Bundan tashqari, ular xorijlik mashhur forvardni ham olib kelishni rejalashtirmoqda.

Rimlik muxlislar Shomurodovga bo‘layotgan qiziqishlarga o‘z munosabatini bildirmoqda. Sports.uz portali e’tiboringizga “Roma” ishqibozlarining fikrlarini havola etadi.

Forza Roma:

Shomurodov yaxshi saviyadagi hujumchi. Klubdagilar unga imkoniyat bermayapsizlar. Eldor o‘z mamlakati terma jamoasida doim gol uryapti. “Roma”ga kelgan paytda ham darrov gol urishni boshlab, kerakli hujumchi ekanini ko‘rsatgandi. Keyin qimmatbaho Temmi Abraxam kelganidan keyin unga etarli imkon berilmadi.

Ale:

Klubdagilar Shomurodovdan boshqalarga ham shunday qilgan.

Tiago Finto:

U tez orada yana o‘z darajasiga qaytadi.

Ginko3:

Bir uchrashuv davomida hech qachon 20 daqiqadan ko‘p o‘ynash imkoni bo‘lmadi. Bu juda qiyin vaziyat. Bu janob Mourinoning topishmoqlaridan biri. O‘rnida bo‘lganimda men Shomurodovga imkon bergan bo‘lardim.

La Scimmia Nuda:

O‘zbekiston terma jamoasidagi o‘yini haqida gapni davom ettiraylik. Yaponiya, Xitoy va Shvetsiya terma jamoalariga gol urish oson emas. Eldor buni uddalagan.

Ivan3:

“Spetsiya” va “Verona” o‘rtasidagi pley-off uchrashuvida Shomurodov penalti ishlab, muxlislarga umid bag‘ishladi. Nzola bu imkonni barbod qilib, butun o‘yin davomida bo‘shashib yurdi. Shomurodov uning pozitsiyasida o‘ynashi kerak edi. Eldor qarshi hujumlarda o‘ynaydigan jamoaga mos.

Vegemite:

Tanlovda xato qilmaslik kerak. Shomurodovni sotib yuborishda shoshilmaslik shart. Temmi Abraxamning  uzoq muddatga safdan chiqqani, Andrea Belotti barqaror emasligi uchun ham Eldorni saqlab qolish kerak.

Blouson Noir:

Bu fikrga qo‘shilaman. Bugungi kungi holat shuni taqozo etadi. Abraxam keyingi yilning boshigacha safdan chiqqan. Paulo Dibala ketma-ket ikkita o‘yinda barqaror o‘ynolmaydi.  Belottining urinishlari ham samarasiz.

Shomurodovni hech bo‘lmaganda yanvargacha tarkibda saqlab qolish kerak. Undan foydalanish mumkin.

Risposta:

Shomurodovni jamoada olib qolish kerak. Kelasi mavsum uchta turnirda qatnashishimizni inobatga olsak, universal hujumchi sifatida Eldorga ish topiladi. Hali narxi oshadi. “Spetsiya”dagi o‘yinidan keyin uni qimmatga transfer qilish qiyin.

Ddrmaancheno:

Shomurodov bo‘yi baland bo‘lishiga qaramay, ancha chaqqon va tezkor. Texnikasi zo‘r, zarbasi aniq va kuchli. Ayni karera qiladigan yoshda.

To‘g‘ri, “Spetsiya”da o‘zini ko‘rsata olmadi. Lekin terma jamoada muntazam gol urayotgani ko‘p narsadan dalolat beryapti.

Belottiga Eldordan ko‘ra ko‘proq imkon berildi. Italiyalik hujumchi ularning barini ko‘kka sovurdi. Agar Mourino Shomurodovga yana imkon bermasa, bir tomondan baxtini boshqa jamoalarda sinab ko‘rishi kerak.

Shomurodovning Italiyadagi faoliyatiga doir

Bokschimiz sensatsiya ko‘targan raqibini finalda “do‘pposladi”!

Premer-liga: Legionerlarimiz narxlari e’lon qilindi!

Legionerimiz ispaniyalik ustoziga qattiq ishonyapti!

Legionerimiz ketish sababi va qozoq futboli kamchiligini aytib ketdi!

Bu terma jamoada Shomurodov yo‘q!

Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдурахмон лидер
03/07/2023 21:28
Ростан италянларнинг фикрими бу тўқиб ёзилган ижодми?
&
Uzbek ligion
06/07/2023 21:41
Qaerdagi speseiya uyinini eldorni kuzatish uchun xamma uyinini kurdim. Speciyada ijrochilar xammasini saviysi pas. Xyjumchiga saviyali sheriklar bulmasa u xech nima qilolmaydi ekan
Шухрат Хусаинов
04/07/2023 09:43
Олга золотой запас
Farhod Ziyayev
04/07/2023 05:21
Италияликларнинг акли ишласа яна битта Узбек футболчи олиши керак туп билан таъминлаш учун. Иккаласини тандем килиб тушириши керак уйинда. Хам Узбекистондан келиб уйинчи олишса ошиб борса 1.000.000 еврога олишади.