
“Roma”da hammasi o‘zgaryapti: Shomurodov Ranerining “boshini qotirib” qo‘ydi!
Klaudio Raneri “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin sekin-asta jamoa muammolarini, xususan, tarkibdagi kamchiliklarni bartaraf etib kelmoqda. Hozirgi jamoaning o‘yini mavsum boshidagidan ancha farq qiladi.
Garchi rimliklar A Seriyada Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan kuchli to‘rtlikka kira olishi ehtimoldan ancha yiroq bo‘lsa-da, jamoa Evropa Ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritish orqali o‘z maqsadiga etishish imkoniga ega.
“Roma”da Eldor Shomurodov o‘ynayotgani bois, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bu jamoani katta qiziqish bilan kuzatib boradi. Klub rahbariyati shu mavsumning o‘zida ikki marta legionerimizni boshqa jamoalarga o‘tkazib yuborishga uringan bo‘lsa-da, 29 yoshli hujumchimiz o‘z harakatlari bilan “Roma”da o‘ynashga loyiq va qodir ekanini ko‘rsatmoqda.
Italiya futbolini yoritib kelayotgan nufuzli manbalar Eldor Shomurodov Kluadio Raneri boshchiligidagi murabbiy shtabi ishonchini oqlab, endi zaxira o‘yinchisidan asosiy tarkib hujumchisiga aylanib borayotganini yozmoqda.
Sports.uz portali Italiyadagi manbalarning bu xususdagi ma’lumotlarini o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola etadi.
Artyom Dovbik samarador, Eldor Shomurodov harakatchanlik garovi! “Roma” uchun qaysi hujumchi muhim?
Klaudio Raneri hujum chizig‘i kelajagi uchun Dovbik va Shomurodov o‘rtasida muhim tanlovni amalga oshirishi kerak. Tanlovda faqatgina raqamlarga qarab xulosa chiqarilmaydi, eng muhimi, jamoaviy o‘yin va ayniqsa, jamoa o‘zagi Paulo Dibala bilan hamkorlik darajasi inobatga olinishi kerak.
Bir necha hafta muqaddam kerainalik hujumchi hech qanday shubhasiz asosiy tarkib o‘yinchisi, degan mulohaza bor edi. Bunda asosiy omil uning mavsum boshidan beri 13 ta gol urganidir. Lekin Shomurodovning kurashga qo‘shilgani bu tushunchalarni yo‘qqa chiqarmoqda.
O‘zbek futbolchisi o‘zining harakatchanligi, universalligi, jamoa bilan hamkorlikda o‘ynay olishi, Paulo Dibala bilan birga o‘ynashda qo‘l kelayotgan va jamoaning hujumkorlik salohiyatini oshirib borayotgan o‘yin xarakteristikasiga ko‘ra, boshlang‘ich tarkibga yorib kirmoqda.
CORRIERE DELLA SERA gazetasi:
Ikki markaziy hujumchi o‘rtasida yaqqol farq bor. Artyom Dovbik – hujumlarni yakunlovchi, jismonan baquvvat, darvoza qarshisida qat’iyatli o‘yinchi.
Eldor Shomurodov esa, jamoaning katta dinamikasini ta’minlab beradi, hujumkor o‘o‘yinchilarni bir maqsad sari birlashgan bo‘linmaga aylantira oladi.
Raqamlar ukrainalik hujumchining foydasiga dalolat bermoqda, lekin keyingi paytda “Roma”ning muvaffaqiyatlarini ta’minlayotgan jamoaviy o‘yin uchun maydonda o‘zbek legionerining bo‘lishi muhim.
Klaudio Raneri murakkab tanlovni amalga oshirish kerak. Bu borada u mavsum oxirlab borayotgani va natija qanday bo‘lishini inobatga olishi zarur.
Klaudio Ranerining taktik loyihalarida Eldor Shomurodovning roli tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. 73 yoshli tajribali murabbiy o‘zbek futbolchisining sadoqati, layoqati bilan birga uning maydonni ko‘ra olish qobiliyati, o‘yin olib borish uslubi va texnik sifatlarining yuqoriligini ham alohida e’tirof etmoqda.
Eldor mavsumda kam – uchta gol urgan bo‘lsa-da, jamoasining hujumkor o‘yiniga katta ta’sir o‘tkazayotgani bilan futbolchilar va murabbiylar ishonchini qozonib kelyapti.
Shomurodov so‘nggi o‘yinlarda tinimsiz harakat qilib, yuqori kurashuvchanlik qobiliyatini namoyish qilyapti va bu jamoaga katta foyda keltiryapti. Uning Matias Sule va Paulo Dibalaga uzatgan ajoyib paslar, “Roma”ga o‘yinda burilish imkonini bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Eldorning maydonda borligi jamoaning hujumkorligini sezilarli darajada oshiradi. Markaziy hujumchi sifatida Shomurodovning yagona “aybi” gollar sonining kamligidir.
Gvardiola Husanovning “Real” va “Liverpul”ga qarshi o‘yini haqida nimalar dedi?
Husanovning Muhammad Saloh bilan “tanishib” olgan o‘yini qanday baholandi?
Gvardiola ketsa, Husanovga kim ustozlik qiladi?
Fikrlar