
Ronaldu va Shomurodov bitta turnirda qatnashadi!
Tez kunlarda UEFA tasnifiga kiruvchi ikkinchi xalqaro turnir – Evropa ligasining guruh bosqich bellashuvlari boshlanadi.
Ishtirokchi jamoalar musobaqada qatnashadigan o‘yinchilarni qaydnomadan o‘tkazib bo‘ldi.
Xalqaro turnirda bosh sorvinga asosiy da’vogarlandan hisoblangan “Manchester Yunayted” ham Evropa ligasida to‘p tepadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, manchesterliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu 20 yildan beri ilk bor Evropa ligasida to‘p tepadi. Mashhur to‘purar bu turnirda so‘nggi bor 2002-2003 yilgi mavsumda qatnashib, o‘shanda “Sporting” uchun maydonga tushgan. Turnir ham UEFA kubogi, deb nomlanar edi.
Shu tariqa, portugaliyalik yulduzning Chempionlar ligasida uzluksiz ishtirok etish bo‘yicha 15 yillik rekordiga yakun yasaladi.
Qiziq tomoni shundaki, “Manchester Yunayted” bir asrdan oshiq tarixidagi eng so‘nggi sovrinni aynan Evropa ligasida qo‘lga kiritgan. 2017 yili Joze Mourino qo‘l ostida to‘p tepgan manchesterliklar UEFAning ikkinchi turnirida barcha raqiblarini ortda qoldirib, bosh sovrin sohibi bo‘lgandi.
E’tiborga molik yana bir jihat, “Manchester Yunayted”ga so‘nggi sovrinni taqdim etgan Joze Mourino bu gal Angliya klubiga raqobatchiga aylangan. Portugaliyalik mutaxassis joriy mavsumda “Roma”ga Evropa ligasi kubogini olib beriga harakat qiladi.
Aslida Mourino ham 2017 yildagi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin o‘zi ishlagan boshqa klublarda sovrinsiz qolayotgan edi. Lekin o‘tgan yili “Roma” bosh murabbiyi sifatida UEFA tomonidan ilk marotaba tashkil etilgan yangi turnir – Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqib, sovrinsiz o‘tgan mavsumlar seriyasiga chek qo‘ydi.
Bugungi kunda Joze Mourino Evropa qit’asi futboliga mas’ul tashkilot – UEFA tasnifidagi barcha turnirlar – Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqqan jahondagi yagona murabbiy hisoblanadi.
Mourino boshqaruvidagi “Roma” oldiga Evropa ligasida g‘olib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Lekin bu gal Bu gal vaziyat murakkabroq. Chunki Evropa ligasida “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Betis”, “Real Sosedad”, “Latsio”, “Renn”, “Monako” kabi jiddiy raqobatchilar bor.
Portugaliyalik mutaxassis ham xalqaro turnirda qatnashadigan tarkibni shakllantirib bo‘lgan. Quvonarlisi, “ko‘hna qit’a” maydonlaridagi to‘qnashuvlarda Eldor Shomurodov ham qatnashadi.
Ilgari Italiya chempionatida Krishtianu Ronalduga qarshi o‘ynagan Eldor Shomurodov balki bu gal Evropa ligasi portugaliyalik yulduzdan to‘pni olib qo‘yar.
“Roma” Evropa ligasining “S” guruhidan joy olgan. Pley-offga chiqish uchun rimliklar Bolgariyaning “Ludogorets”, Ispaniyaning “Betis” va Finlyandiyaning XIK jamoasi bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Joze Mourino shogirdlari xalqaro maydondagi yurishini 8 sentyabr kuni boshlaydi. “Bo‘rilar” birinchi turni Bolgariyada “Ludogorets” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
“Roma” futbolchilari Evropa ligasi doirasida “Olimpiko”dagi dastlabki uchrashuvga 15 sentyabrga belgilangan ikkinchi turda XIK vakillariga qarshi o‘yinda mezbonlik qiladi.
Ronaldu boshchiligidagi “Manchester Yunayted” futbolchilari “E” guruhida o‘ynaydi. Ularga Ispaniyaning “Real Sosedad”, Moldovaning “Sherif” va Kiprning “Omoniya” jamoalari raqiblik qiladi.
Manchesterliklar 8 sentyabr kuni birinchi tur uchrashuvida guruhdagi asosiy raqib – “Real Sosedad” jamoasini qabul qiladi.
UEFA qoidasiga ko‘ra, guruhda birinchi o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak finalga yo‘llanma oladi. Ikkinchi pog‘ona sohiblari esa Chempionlar ligasi guruh bosqichida uchinchi o‘rinni egallagan jamoalarga qarshi nimchorak final yo‘llanmasi uchun raqobatlashadi.
Evropa ligasi guruhlarida uchinchi o‘rinda qayd etilgan klublar Konferentsiyalar ligasi guruhlarida ikkinchi o‘rinni band qilgan jamoalar bilan Konferentsiyalar ligasi pley—offiga chiqish uchun o‘zaro raqobatlashadi.
Abraxamga xunuk, Shomurodovga yaxshi xabar!
“Spartak” shartnomadan voz kechish uchun O‘runovga qancha to‘lagani oshkor bo‘ldi!
Shomurodovni ilk bor o‘ynatgan Mourino qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Shomurodovni olmoqchi bo‘lganimiz yolg‘on!
Shomurodovning agentlari O‘runovning karerasini qutqarib qoldi! (foto)
Fikrlar