Rossiya klubi Odil Ahmedovga murojaat qildi!

  • 20 dekabr, 2021, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futboli tarixida chuqur iz qoldirgan Odil Ahmedov futbol bilan xayrlashganidan xabaringiz bor, albatta.

Tecno

Mashhur futbolchimizning professional faoliyatini yakunlagani Rossiya tomonlarda ham aks-sado berdi. Odil Ahmedov o‘ynagan “Krasnodar” klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali bunga o‘z munosabatini bildirdi.

- “Krasnodar”ning sobiq yarim himoyachisi Odil Ahmedov faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi 2014-2016 yillarda “buqalar” sharafini himoya qilgan. O‘yinlaring uchun rahmat Odil! Bundan buyon qanday ish bilan shug‘ullanishingdan qat’i nazar senga omad tilaymiz, - deyiladi “Krasnodar” klubi bayonotida.

krasnodar-otreagiroval-na-za

Fursatdan foydalanib, Odil Ahmedovning professional futbolchilik faoliyatiga bir nazar tashlaymiz.

Odil Ahmedov professional darajadagi faoliyatini 2006 yili “Paxtakor”da boshladi. Iste’dodli yarim himoyachiga birinchi bo‘lib, o‘sha davrlarda “Paxtakor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan rossiyalik taniqli mutaxassis Valeriy Nepomnyashchiy katta ishonch bildirib, asosiy tarkibga jalb qilgan.

Maydonda mehnatkashligi, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olish qobiliyati bilan ajralib turgan futbolchi bir yil ichida milliy terma jamoaga ham kirishni uddaladi.

Umuman olganda, Odil Ahmedov 2011 yilga qadar “Paxtakor”da 102 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 16 ta gol yozib qo‘ydi. U mamlakatimizning eng nomdor jamoasi safida ikki karra O‘zbekiston chempioni, uch marta vitse-chempioni, uch marotaba kubok sohibi, MDH Chempionlari kubogi g‘olibi va finalchisi bo‘ldi.

Keyin o‘zbek futbolining eng iqtidorli vakillaridan biri sifatida 2011 yili Rossiyaga yo‘l oldi.

O‘sha yillari Mahachqal’ada “Anji” superklubga aylantirilayotgan edi. Ahmedov bu jamoada Roberto Karlos, Jesuley, Diego Tardelli, Muborak Busuffa, Balaj Judjak, Yuriy Jirkov, Mamyuel Eto’o, Kristofer Samba, Lassana Diara, Emir Spaxich kabi o‘sha davrning taniqli yulduzlari bilan birga o‘ynadi.

rue4dd054de6b

2011-2014 yillar davomida Ahmedov “Anji” tarkibida barcha turnirlarda 110 uchrashuvda qatnashib, oltita gol urdi va jamoadoshlariga sakkizta golli pas oshirdi. Mahachqal’aliklar safida Rossiya chempionati bronza medali sovrindori va mamlakat kubogi finalchisiga aylandi.

Odil Ahmedov 2014 yildan boshlab, ikki yil davomida “Krasnodar” sharafini himoya qildi. O‘shanda krasnodarliklar Rossiya chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan qudratli jamoa shakllantirgandi. Amalda Odil Ahmedov yana bir marta Rossiya chempionati sovrindori bo‘ldi.

Hamyurtimiz krasnodarliklar safida 101 ta o‘yin o‘tkazib, ettita gol va 13 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Keyinchalik Odil Ahmedov Evropadagi qator taniqli futbolchilar kabi Xitoyga yo‘l oldi. 2017 yilda “Shanxay SIPG” safiga qo‘shildi. Bu jamoa Oskar, Xalk, Marko Arnautovich, Rikardo Lopes kabi kuchli futbolchilarni ham o‘ynatayotgan edi. Shu o‘yinchilar qatorida Odil Ahmedov “Shanxay SIPG”ning 2018 yilda Xitoy chempionligini qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shdi. Legionerimiz bu jamoa safida 64 ta o‘yinda 9 ta gol urdi.

axmedov_goal

So‘nggi yillarda “Tyantszin Teda” va “Tsanchjou Mayti Layons” jamoalarida to‘p tepgan hamyurtimiz 34 yoshida butsasini mixga ilishga qaror qildi.

Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasida 2007-2021 yillar davomida jami 108 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 20 marotaba aniq nishonga oldi.

Abraxam Shomurodovning “ishi”ni takrorladi!

Abraxam – chaqmoq, Dzanolo – dovul, Shomurodov qanday baholandi?

Shomurodov shoshilmasa bo‘lmaydi!

Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Shomurodov golga hissa qo‘shgan g‘alabadan so‘ng Mourino katta gapirib qo‘ydi!

Shomurodov va Abraxamga “Chelsi” yulduzi yordam beradi!

Bu futbolchi Shomurodovning o‘rnini tortib oldi!

Legionerimiz eng zo‘r futbolchilar qatorida!

O‘zbek legioneri katta summaga transfer qilinadi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SIROJ BO'RIYEV
20/12/2021 15:48
ESSIZ YANA BIR FUTBOLCHIMIZ MUNDIALGA CHIQOLMAY FAOLIYATINI TUGATDI BUNDAY KÔP GENRIX ANZUR DENISOV MAKSIM