“Shomurodov transferida “Jenoa” bizni “uxlatdi”, deb o‘ylagandim!..”

  • 13 avgust, 2021, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov yangi jamoasi “Roma” safida tez orada boshlanadigan yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbek hujumchisi yig‘in davomida “Betis” darvozasiga gol urib, “Roma” muxlislari e’tiborini o‘ziga qaratdi.

Tecno

Joze Mourino shogirdlari navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 14 avgust kuni Marokashning “Raja Kasablanka” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Ayni paytda rimlik futbol ishqibozlari Eldor Shomurodovning yangi mavsumdagi imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

YuN5XDtAPuiNGNy_GOf7W2e6e_f8Y-J7

Sports.uz  o‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiboriga italiyaliklarning Eldor haqidagi eng qiziq fikr-mulohazalarini havola etadi.

Aldo Spinelli

Eldor “Betis”ga qarshi zo‘r o‘ynaganidan harakat qilsa, biz bir necha yil yaxshi hujumchiga ega chiqqan bo‘lamiz.

Leonardo Ferrara:

O‘zbek o‘z o‘yini bilan qoyil qoldirdi. Hozir biz sobiq Ittifoq o‘yinchilarini yaxshiroq tanlay olishni o‘rganibmiz. Shomurodov va Mxitaryan 10-20 yil muqaddam Rimda o‘z iste’dodini namoyish qila olmagan Gurenko va Alenichevdan ancha yaxshi o‘ynar ekan.

maxresdefault_5

Fabiano Aquilani:

Boshida Shomurodov transferida “Jenoa” bizni 17 million evroga “uxlatdi”, deb o‘ylagandim. Aslida biz ularni “uxlatibmiz”.

Marco De Luca:

Eldorning “Roma”dagi debyuti fantastik bo‘ldi. Menimcha, men yangi etakchi kim ekanini bilaman. U bizni qitqarishi kerak!

Elia Di Grazia:

Shomurodov “Roma” uchun atigi 67 daqiqa o‘ynadi va bu qisqa fursat muxlislar qalbini zabt etish uchun etarli bo‘ldi.

Enrique Spiteri:

Bo‘lajak o‘yinlarda Shomurodov o‘zini ko‘rsatishiga ishona boshladim.

Matteo Ferretti (Enrique Spiteri fikriga javoban)

Shomurodov “Betis”ga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsatib bo‘ldi. Uning o‘yin sifatiga shubham qolmadi. Qolganlar ham harakatini qilsin!

Davide Betti:

Eldorning marokashliklarga qarshi o‘yinini ko‘rishni istayman. “Betis”ga gol urgan hujumchi keyingi o‘yinda ko‘proq to‘p kiritishi kerak.

Marina Di Paolo (Davide Betti fikriga javoban):

“Betis”ga urilgan ikkinchi gol ham o‘zbekning mehnati evaziga kiritilganini inobatga olsak, u zo‘r o‘yinchi ekan. Kasablanka jamoasiga uchta gol urishi kerak.

19991945_0_108_2075_1275_1920x0_80_0_0_cfceb5880de38bfd7e8bf606d1307265

Marco Pallone:

Shomurodov – “Roma”ning eng qimmat yangi o‘yinchisi. Yangi mavsumda o‘zini ko‘rsatishiga umid qilaman.

Stefano Cicutti:

Shomurodov gol urishni davom ettirsa, bizga boshqa hujumchi kerak bo‘lmaydi. Mayoral, Shomurodov va Jeko – kuchli uchlik!

Aldo Gonzalez:

Hujumdagi etakchilarimiz Shomurodov va Mxitaryan bo‘lishi kerak. Ular bir-birini yaxshi tushunsa kerak.

Matteo Brizzi:

Shomurodov gol urishiga pul tikishga tayyorman. “Betis”ga qarshi o‘yinda unga tan berdim.

Fiore Pezzó:

“Rom” hujumchisi aynan Shomurodovdek bo‘lishi kerak.

Soufiane Da Costa:

Nihoyat, endi hujumchi masalasida omadli transferni amalga oshirdik. Eldor, senga ishonyapmiz!

Mauro Marrani:

Shomurodovni qimmat deganlar uning o‘yinini bir ko‘rsin!

Valerio Tauro:

Shomurodov raqibni pressing qilishi va himoyada ham faolligi bilan menga yoqdi.  “Roma”da uni yorqin kelajak kutmoqda!

image_11

Mario Noferini:

Shomurodovdan qattiq shubhalanganimni tan olaman. “Betis”ga qarshi birinchi o‘yinidan keyin unga ishonchim uyg‘ondi.

Mourino nega aynan Shomurodovni tanladi?

Shomurodovning o‘zi “Roma”ga o‘tgani haqida nimalar dedi?

Hamma ham Shomurodov bo‘lolmaydi!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
14/08/2021 00:07
Ҳақиқатдан ҳам Рома Женоани уҳлатиб Элдорни ўзиники қилиб олди. Ҳал у ўз голлари билан нарҳини албатта оқлайди. Фақат ОМАД Элдор...
&
Ашуров Бахтийор
14/08/2021 07:07
Ҳайирлий тонг!Спорт янгиликлари кун Узга кирсангиз УФА Кейруш билан алоқага чиқани ва у рад этганини ўқийсиз.Аслида эса бунга анча бўлган эди.Раҳбарлар Шота ва Кейрушни Арвеладзени пахтакордалигидаёқ таклиф қилиб кўришган эди.Ўшанда ҳар иккиси ҳам, рад этишган эди.Шомуродовга эса омад!
&
Турсун Ғани
14/08/2021 14:11
УФА билан ишлаб уззоқа бора олмаслигига кўзи етган эканда Карлошни ва Арвеладзени... Купер билан содир бўлган ишлардан ҳабардор бўлса керакда... Ҳам майли энди янги мураббийга омад. Ўйлаймизки ҳеч ким ишига аралашмасдан унга имконият яратиб беришади.
Abu Ibrohim
13/08/2021 19:15
Genuani muhlislari nima deb qoldi? Ular mamnunmi yoki afsusdami? Qiziq...
Akmaljon Ahmedov
14/08/2021 11:13
Rostdan. Shu haqida ham maqola tayyorlash kerak.
Muxammad-Ali Ergashev
13/08/2021 18:32
Олга Элдор!Омад.