Shomurodov transferiga bir qadam qoldi, biroq “Roma” xalaqit qilmoqda!

  • 25 dekabr, 2022, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekistonlik futbol muxlislariga har qancha yoqimsiz bo‘lmasin, Eldor Shomurodov bir yarim yil ichida ham “Roma”ning asosiy tarkibidan muqim joy egallay olmadi.

Joze Mourino hamyurtimizni hatto o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham atigi bir necha daqiqa o‘ynatish bilan kifoyalanmoqda.

Shu bois, aksariyat muxlisu mutaxassislar legionerimiz qishki transferlar vaqtida o‘ziga muntazam o‘yin amaliyoti beradigan klubga ketishi kerak, degan fikrni ilgari surmoqda.

1152a7694e4cbf91b44e037e958f7724-e1668026955428_1

Xaridorlar ko‘p. Shomurodovda tanlash imkoniyati bor. Eldor “Montsa”, “Spetsiya”, “Kremoneze”, “Sampdoriya” kabi autsayderlardan bo‘lgan chorlovlarga e’tibor qaratgani yo‘q. Hozir hamyurtimiz oldida “Sassuolo”, “Fiorentina”, “Torino” kabi Evrokuboklarga yo‘llanma beradigan o‘rinlar uchun kurashishga qodir klublardan ham taklif turibdi.

Italiya matbuoti o‘zbek hujumchisi Turin klubiga o‘tishni istayotgani haqida ko‘p yozmoqda.

Eldor Shomurodov “Torino”ga o‘tishni istayapti, - deb yozdi  Corriere dello Sport nashri.

Nufuzli manbalardan biri https://www.calciomercato.com sayti Turin klubi ham Shomurodov transferiga jiddiy qiziqish bilan qarayotganini ta’kidladi. Manbaning ma’lum qilishicha, o‘zbek hujumchisi borasida “Roma” bilan o‘tkazilgan muzokaralarda “Torino” spot direktori Davide Vagnati shaxsan ishtirok etmoqda.

Shomurodovning Turinga ko‘chib o‘tishiga “Roma” qo‘yayotgan talab to‘sqinlik qilmoqda. Yana bir manba - https://www.pagineromaniste.com saytining yozishicha, 2021 yilning yozida Eldor uchun 18 million evro to‘lagan rimliklar o‘yinchi transferidan imkon qadar ko‘proq pul ishlab olmoqchi.

Poytaxt klubi sport direktori Tyagu Pinto turinlik hamkasbining ijara va keyinchalik hujumchini sotib olish huquqini berish haqidagi so‘rovini rad etib kelmoqda. Rimliklar Turin klubidan Shomurodov to‘liq sotib olishni  va hujumchi uchun 11-12 million evro to‘lashni talab qilyapti.

“Roma” Shomurodovni so‘ragan barcha xaridorlarga xuddi shu shartni qo‘ymoqda. Ba’zi jamoalar bu talabni ko‘tara olmasligini bilib, Shomurodov uchun kurashdan biroz chekindi.  

Shunga qaramay, rimliklarda Eldor transferi bo‘yicha yana bir variant bor. Unga ko‘ra, Tyagu Pinto “Sassuolo”dan Rimga olib kelinishi kerak bo‘lgan Davide Frattezining transferi doirasida Eldor Shomurodovni klublar o‘rtasidagi “oldi-berdi”ga qo‘shishga harakat qilmoqda.

shomuro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchisi  va sardori “Jenoa”dan “Roma”ga ko‘chib o‘tganidan beri jami 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltitadan gol va assist muallifi bo‘ldi. O‘yinlar soni ko‘pdek ko‘rinsa-da, hamyurtimiz ularning aksariyatida zaxiradan maydonga tushib, bir necha daqiqa o‘ynagan xolos.

Shomurodov oldida yana bir yangi variant paydo bo‘ldi!

Shomurodovga qaysi jamoaga o‘tishni aytishdi!

Shomurodov uchun kurashga yana bir jiddiy klub qo‘shildi

O‘zbek legioneri Evropaning yaxshi chempionatlariga loyiq!

Tezkor: “Roma” kutilmaganda Shomurodov bo‘yicha jiddiy taklifni rad etdi!

O‘zbek to‘purarini Polshada kutishyapti!

O‘zbekiston terma jamoasini engishga majbur emasmiz!

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!