Shomurodov va Fayzullaevdan keyin o‘zbek futbolchilariga e’tibor qaratishni tavsiya qilishdi

  • 25 dekabr, 2023, 07:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari yaxshi tanish bo‘lgan Shamil Gazizov Rossiya Premer-ligasida porlayotgan Abbosbek Fayzullaev haqida fikr bildirdi.

Tecno

Bu mutaxassis yana bir iste’dod egasi – Oston O‘runovning “Ufa” va keyinchalik “Spartak” klublariga transferini tashkil qilgan edi. Uning rejasiga ko‘ra, O‘runov ham xuddi Fayzullaev singari Rossiya maydonlarida porlashi, keyin esa, Evropaning kuchli ligalariga o‘tishi kerak edi. Biroq amalda unday bo‘lib chiqmadi. Turli sabablarga ko‘ra, O‘runov Rossiyani tark etib, ortga qaytishga majbur bo‘ldi.

d0401a9fabba93460eb100e4d7c6ee555ef4c6c3e1c72643787540

Shamil Gazizov ayni paytda Mahachqal’aning “Dinamo” klubi bosh direktori vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu mutaxassis O‘zbekiston futboliga e’tibor qaratish lozim, degan fikrni ilgari suryapti.

Sports.uz portali Shamil Gazizovning intervyusini o‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiboriga havola etadi.   

— Fayzullaevning Rossiya Premer-ligasidagi debyuti muvaffaqiyatli chiqqanidan hayratlandingizmi?

— Yo‘q. Chunki bu futbolchida avvaldan qobiliyat bor edi.

— Bu gapingiz bilan TsSKA yashirinib yotgan olmosni topdi, degan gaplarga qo‘shilmaysizmi?

— Futbolda olmoslar ko‘p. Eng yaxshisi ularni topib, yaxshilab ishlov berilsa, ular brilliantga aylanadi. TsSKA murabbiylar shtabi bu ishni uddaladi. Ofarin.

Lekin Abbosbek Fayzullaevning iqtidorli futbolchi ekani hech kimga sir emasdi.

— Keyingi yillarda O‘zbekistondan kelgan futbolchilarning aksariyati Rossiya Premer-liasida o‘zini ko‘rsatmoqda. Ilgari Eldor Shomurodov bor edi. Hozir Abbosbek Fayzullaev porlayapti. O‘zbekiston Rossiya Premer-ligasi uchun istiqbolli bozormi?

— Ha, men ham shu fikrlaman. O‘zbekistonda futbol juda yaxshi rivojlanyapti.

Agar turli yoshdagi terma jamoalarning natijalariga e’tibor qaratsak, hammasi oydinlashadi. Hozir o‘zbeklarning futboli tez ko‘tarilyapti.

MAN7831

Abbosbek Fayzullaev avgust oyida “Paxtakor”dan Moskvaning TsSKA klubiga ko‘chib o‘tgan edi. 20 yoshli hujumkor futbolchimiz Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida jami 18 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol va to‘qqizta assist qayd etdi.

Mutaxassislar tomonidan mavsumning asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etilgan legionerimiz TsSKAning sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylaridagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Fayzullaevning muvaffaqiyatli o‘yinlari tufayli transfer summasi bir necha baravar oshgani qayd etildi. Transfermarkt portalida ayni paytda Abbosbekning transfer narxi 4 milion evro ekani ko‘rsatilgan.  

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!