“Shomurodovning Osiyo kubogida qatnasha olmasligi biz uchun katta plyus”

Qatar mezbonlik qiladigan Osiyo kubogiga tobora kam vaqt qolyapti. O‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini terma jamoamiz sardori va to‘purari Eldor Shomurodovning ahvoli xavotirga solgan.

Mashg‘ulotlardan birida o‘ng oyoq barmog‘ini sindirib olgan legionerimiz Rim shahrida operatsiya qilindi. Shomurodovning qachon maydonga qaytishi va sport formasi qay ahvolda bo‘lishi mavhumligicha qolmoqda.

Osiyo kubogida “V” guruhida terma jamoamiz bilan birga Hindiston futbolchilari ham o‘ynaydi. Hind matbuoti Eldor Shomurodovning Osiyo kubogida ishtirok eta olmasligi ehtimoli katta ekaniga e’tibor qaratdi.

948213b769c5af4a762fa0e2e1f42eb1

Xususan, khelnow.com sayti mutaxassisi Keshava Verma bu haqda o‘z tahlilini muxlislar e’tiboriga havola qildi.

Italiya A Seriyasida “Kalyari” sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasining sardori hisoblanadi. Eldor jarohati tufayli Osiyo kubogini o‘tkazib yuborish ehtimoli katta.

Dekabr oyi o‘rtalarida “Kalyari” matbuot xizmati Shomurodov mashg‘ulotda og‘ir jarohat olgani va tiklanishi kamida 1-1,5 oy vaqt olishini yozgandi. Boshida Eldorning tezroq oyoqqa turishi haqida bildirilgan umidlar keyinchalik so‘nib bordi va keyingi ma’lumotlar hujumchi Osiyo kubogida “oq bo‘rilar” sharafini himoya qilish uchun salomatligini tiklab ulgurmasligidan dalolat bermoqda.

28 yoshli forvard o‘zbek futbolining eng iqtidorli vakillaridan biri va Italiya futbolida mahoratini oshirgan. Xususan, gigant klublardan hisoblangan “Roma”da 48 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 12 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Shomurodov hozirgacha O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 68 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 38 marotaba ishg‘ol qildi.

Eldorning Osiyo kubogida qatnasha olmasligi Hindiston terma jamoasi uchun katta yutuq. Guruhdagi raqib eng muhim o‘yinchilaridan birini yo‘qotdi.

Lekin bosh murabbiy Igor Shtimats va uning shogirdlariga O‘zbekiston terma jamoasini engish uchun ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi, chunki raqib safida boshqa mahoratli o‘yinlar ham juda ko‘p. Hindistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov bor-yo‘qligidan qat’i nazar,  O‘zbekiston milliy terma jamoasidek kuchli raqib ko‘rsatadigan sifatli futbolga qarshi turish uchun bor imkoniyatini ishga solishi talab etiladi, - deb yozdi khelnow.com jurnalisti Keshava Verma.

278nWj17001505556300_l

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi birinchi uchrashuvini 13 yanvar kuni Suriya futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.

Ikkinchi turda hamyurtlarimiz Hindiston terma jamoasiga qarshi saf tortadi. Bu o‘yin 18 yanvar kuniga belgilangan.

Guruh bosqichidagi so‘nggi to‘qnashuv 23 yanvarda bo‘ladi. Terma jamoamiz eng kuchli raqiblardan hisoblangan Avstraliya vakillariga qarshi maydonga tushadi.  

Chempionlar ligasi g‘olibi Fayzullaevga e’tibor qaratdi

Fayzullaev kutilmaganda paydo bo‘ldi!

Fayzullaevga Evropadan e’tibor bo‘ldi

Odil Ahmedov: Eto′O eski kelishmovchilik tufayli Roberto Karlosni jamoadan olib tashlagan edi...

O‘zbekistonda Evropada o‘ynay oladigan futbolchilar bor...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Xaмзаев
28/12/2023 18:13
Балким яхшиликкадир Шомуродов хозир формада эмас.Сергеев бор Абдухолиқов бор