Shomurodovning termadagi gollari Italiyada ovoza bo‘ldi!

  • 18 iyun, 2023, 17:55
  • 1
  • Futbol

A Seriya o‘yinlari Eldor Shomurodov uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Legionerimiz ijara asosida o‘ynagan “Spetsiya” quyi ligaga tushib ketdi.

Shomurodov_MP1_3830

Garchi Shomurodov Italiya chempionatida o‘zini etarli darajada ko‘rsata olmayotgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlarida haqiqiy etakchiligini va yuqori sport formasida ekanini namoyish qilmoqda.

Italiya futbolini yoritib borayotgan manbalardan biri – calciospezia.it  sayti hujumchimizning aynan mana shu holatiga e’tibor qaratdi.

- “Spetsiya” jamoasida iz qoldira olmagan Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida yuqori darajada o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda.

Liguriyaliklar safida pley-offni qo‘shib hisoblaganda 17 ta uchrashuvda atigi bitta gol urgan hujumchini “Spetsiya” to‘liq transfer qilmaydigan bo‘lgan. Eldorning maydondagi ko‘rsatkichlari ijara “burgutlar” uchun omadsiz bo‘lganini ko‘rsatdi.

Lekin Eldor Shomurodov o‘z mamlakati terma jamoasida umuman boshqa futbolchiga aylanadi. Kuni kecha Turkmaniston futbolchilari bilan bo‘lgan bahsda “o‘zbek Messisi” raqib darvozasiga kiritilgan ikkita golga mualliflik qilib, o‘zi sardorlik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Bu yangi turnir – “CAFA Nation's Cup” musobaqasida o‘zbeklar uchun muhim g‘alaba bo‘ldi, - deb yozmoqda calciospezia.it  jurnalisti Gvido Lorentselli.

Eldor Shomurodov kuchli beshlik chempionatlaridagi yagona o‘zbek futbolchisi hisoblanadi. 2020 yilning oktyabr oyidan beri Italiya chempionatida to‘p tepayotgan hujumchimiz shu paytga qadar A Seriyada uchta jamoa sharafini himoya qilib ulgurdi.

27 yoshli futbolchimiz “Jenoa”, “Roma” va “Spetsiya” sharafini himoya qildi. Aytish joizki, Eldor har uchala jamoa uchun gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari, Shomurodov o‘ziga kam o‘yin vaqti berilganiga qaramay, Italiya va Evropa maydonlarida o‘zi ishtirok etgan barcha turnirlarda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan.

Xususan, Shomurodov A Seriyada jami 80 ta uchrashuvda 12 ta gol va oltita assist qayd etgan. Italiya kubogida ikkita o‘yinda bittadan gol va golli pas muallifi bo‘ldi. Xalqaro maydonda esa, Konferentsiyalar ligasi va Evropa Ligasi musobaqalarida ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yganini ta’kidlash lozim.

Eldor Shomurodovning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyati ancha samarali chiqmoqda. Mohir to‘purarimiz bosh jamoa tarkibida 63 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 36 marotaba ishg‘ol qildi.

Bugungi kunda Eldor terma jamoamiz tarixida eng ko‘p gol urgan o‘yinchiga aylangan. Turkmanistonga qarshi bahsda Shomurodov avvalgi rekordchi – Maksim Shatskixning 34 ta goldan iborat ko‘rsatkichini yangiladi.

IMG_0573_1

Bundan buyog‘iga Shomurodovning terma jamoa uchun uradigan har bir goli yangi rekord natija sifatida qayd etilaveradi.  

Bu jamoada Shomurodovga joy ochilmoqda!

O‘zbek futbolchisi Evropaning mashhur klubi nazariga tushdi. Transfer bo‘ladimi?

Premer-liga: Legionerlarimiz narxlari e’lon qilindi!

Shomurodov gol urgan darvozabon PSJga o‘tadigan bo‘lyapti

Legionerimiz ispaniyalik ustoziga qattiq ishonyapti!

Legionerimiz ketish sababi va qozoq futboli kamchiligini aytib ketdi!

O‘zbek jangchisidan g‘alaba, qozog‘istonlik fayter alamiga chidolmadi yoxud fanatlardan haqli e’tiroz!

Ronaldu Masharipovga nimalarni o‘rgatdi?

Bu terma jamoada Shomurodov yo‘q!

Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Муродов Лутфулло
16/06/2023 22:16
Эронга акаллан битта гол урсин кейин овоза килса булади .