
“Spartak” O‘runov uchun pulni ayamaydi. Moskvaliklar ikki xil variant taklif qildi
Moskvaning “Spartak” klubi “Ufa”da o‘ynayotgan o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov transferi uchun ikki xil variantni taklif qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, moskvaliklar O‘runov uchun darhol 2 million evro to‘laydi. Agar futbolchi ikkinchi mavsumni ham “Spartak”da o‘tkazsa, “Ufa” hisobiga yana ikki million evro o‘tkazib beriladi.
Yana bir variant bo‘yicha “Spartak” 19 yoshli futbolchini 2 million evroga oladi va uning keyingi transferidan 50 foiziga ufaliklar egalik qiladi.
Shuningdek, “Spartak” joriy mavsumda 10 ta o‘yin o‘tkazgan futbolchimiz bilan shaxsiy shartnoma shartlarini ham kelishi uchun muzokara qilmoqda.
Fikrlar