
Tezkor: Masharipov Rossiyaga bormaydi, Jaloliddin boshqa klub topdi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng tajribali o‘yinchilaridan biri Jaloliddin Masharipov yaqindagina Saudiya Arabistonining mashg‘ur klublaridan “An-Nasr” bilan shartnomasini bekor qilganidan beri vaqtincha jamoasiz yuribdi.
Hujumkor futbolchimizga Rossiya Premer-ligasi vakili Moskvaning “Lokomotiv” jamoasidan qiziqish bo‘lgan haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Sport Ekspress” nashri ma’lumotni aniqlashtirish uchun futbolchimizning agenti Ro‘zimurod Usmonovga bog‘landi. Suhbat chog‘ida agent “Lokomotiv” tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisiga qiziqish bo‘lganini tasdiqladi.
- Haqiqatan, Masharipovga “Lokomotiv”dan qiziqish bo‘ldi. Lekin bu klubda boshqa pozitsiyalarni kuchaytirish g‘oyasi ustuvor ekan.
Ayni paytda Rossiyadagi variantlarni ko‘rib chiqmayapmiz. Tez orada Masharipovning yangi jamoasi haqida yangilik e’lon qilinadi, biroq bu jamoa Rossiya Premer-ligasidan emas, - dedi Ro‘zimurod Usmonov “Sport Ekspress” nashriga.
Jaloliddin Masharipov “Paxtakor”ning eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan hisoblanadi. Hujumkor futbolchi 2013 yili “sherlar”ning asosiy tarkibiga qabul qilingan.
Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchi 2017 yili bir mavsum Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi sharafini ham himoya qildi.
Masharipov 2021 yilning boshida legioner maqomini oldi. U Sauliya Arabistonining “An-Nasr” jamoasi bilan shartnoma tuzdi. Saudiyaliklar hamyurtimizni yarim yilga Birlashgarn Arab Amirliklarining “Shabab Al-Ahli” jamoasiga ijaraga berdi.
Keyin Masharipov ikki yil davomida “A-Nasr” uchun to‘p tepdi. Hamyurtimiz riyodliklar safiga Krishtianu Ronaldu kelib qo‘shilganidan keyin portugaliyalik yulduzga o‘zining 7-raqamini bergani bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozondi.
Saudiyaliklar 2023 yilning yozida Evropadan mashhur o‘yinchilarni olib keldi. Saudiya Arabistoni ligasida legionerlarga qo‘yilgan cheklov tufayli Jaloliddan Masharipov klub bilan shartnomasini bekor qilishiga to‘g‘ri keldi.
Jaloliddin Masharipov O‘zbekiston, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Saudiya Arabistoni klublari uchun jami 274 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 47 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 77 ta golli pas uzatgan.
Shuningdek, 29 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasida 2016 yildan beri muvaffaqiyatli to‘p tepib kelmoqda.
Xalqaro maydonda hozirgacha jami 52 ta uchrashuv o‘tkazgan Jaloliddin Masharipov Turkmaniston, Yaman, Janubiy Sudan, Uganda, Shri-Lanka, Tailand terma jamoalari darvozasiga bittadan to‘p kiritgan bo‘lsa, Singapur va O‘mon futbolchilariga qarshi bahslarda dubl qayd etgan.
Fayzullaevning TsSKAda hurmati oshib ketdi
O‘zbek legioneriga mashhur murabbiy ham tan berdi!
Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?
Fikrlar