
Tezkor! Mourinodan Shomurodovga muhim xabar!
Joze Mourino A Seriya to‘rtinchi turida “Montsa” ustidan 3:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan keyin DAZN jurnalistlariga intervyu berib, hali biror marta maydonga tushmagan va bir necha klub nishonida turgan Eldor Shomurodov haqidagi ham fikr bildirdi.
Dibala haqida
O‘tgan yili “Yuventus” bilan “Olimpiko”da o‘ynaganimizda Paulo Dibalaga “Sen zo‘rsan”, degan edim va bugun ham unga xuddi shu gaplarni takrorladim.
Ba’zan shunday talantlar uchraydigan ular jamoadan ajralib qoladi. Dibala esa, jamoa bilan birga o‘ynaydigan katta iste’dod sohibi. O‘zining vazifasi bo‘lmasa ham, himoyada katta ishlarni bajarmoqda. Uni almashtirayotganimda maydonda qoldirishni va xet-trik qilmoqchi ekanini aytdi. Men unga “buni “Udineze” bilan o‘yinda qilasan”, dedim.
O‘yin haqida
Bu natija nuqtai nazaridan bizga xotirjamlik bergan eng yaxshi o‘yin bo‘ldi. Shunga qaramay, bahs ancha murakkab kechdi. O‘yin boshida to‘pni nazorat qilishga qiynaldik va pressing qo‘llashga majbur bo‘ldik. “Montsa” juda yaxshi jamoa. Tajribamizga tayangan holda ko‘proq to‘p kiritishimiz mumkin edi. Men Karsdorp va Spinatstsolaga dam berib, Chelik va Zalevskini o‘ynatishga qaror qildim.
Ibanes haqida
Ibanes boshqalardan farqli jihatlarga ega. To‘pni xotirjam ushlab turadi va to‘g‘ri qarorlarni tez qabul qiladi. Rojer avvalgidan ancha farqli tarzda o‘ynay boshladi.
Abraxam haqida
Men bugun Temmi haqida ham gapirmoqchiman. Nihoyat, u menga yoqadigan o‘yin namoyish qildi. Bu men kutgan Temmi edi. Bugungi bahs Paulo Dibalaniki bo‘ldi, lekin Abraxam ajoyib o‘ynadi.
Belotti haqida
Andrea Belotti jamoa bilan ishlagani yo‘q, shaxsiy murabbiy yordamida shug‘ullandi. O‘yinda unga chaqqonlik etishmadi va to‘pga egalik qila olmadi. Bir-ikki hafta biz bilan mashg‘ulot o‘tasa o‘ziga bo‘lgan ishonchi yana qaytadi va yana gollar ura boshlaydi.
Shomurodov haqida
Eldor Shomurodov transfer bozori tufayli ancha bosim ostida qolgandi. Endi Eldorning atrofidagi vaziyat ancha tindi. Endi u ham bizga yordam qo‘lini cho‘za oladi.
Mourinoning bu gaplarini tahlil qilgan mutaxassislar portugaliyalik mutaxassis o‘zbek hujumchisini jamoada olib qolishga qaror qilganini ta’kidlashmoqda. Hozirning o‘zida “Montsa”, “Bolonya” va “Torino” kabi klublar Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor turibdi.
Shunga qaramay, Joze Mourino Eldor Shomurodovni jamoada qoldirishining ehtimoli katta. Chunki klub Feliks Afena-Gyanni sotib yubordi va Mourino kutgan Andrea Belottini qo‘lga kiritdi. Endi Shomurodovni jamoadan ketgazishga hojat qolmadi.
Eldor Shomurodov “Mash’al”, “Bunyodkor”, “Rostov”, “Jenoa” va “Roma” jamoalari safida jami 221 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 45 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 23 ta golli uzatma oshirgan.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida jami 53 ta bellashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 30 ta gol yozdirib qo‘ygan.
So‘nggi imkoniyat: Shomurodovga uch da’vogar va Eldor qaysi klubga nasib qiladi?
Mourino Abraxamdan qattiq norozi, endi Shomurodovga imkon beradimi?
Jamoasiga ilk g‘alabani keltirgan futbolchimiz eng zo‘rlar qatoridan joy oldi!
Evropa klublari nazariga tushgan legionerimiz yana gol urib, jamoasini birinchi o‘ringa ko‘tardi!
Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?
“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!
Fikrlar