The Telegraph Ronalduning transferini 150 mln evroga baholamoqda
Angliyaning mashxur The Telegraph nashri mavsumlar oralig‘ida “Real”dan ketishni rejalashtirgan Krishtianu Ronalduning transfer narxi qancha ekanlishi borasida maqola chop etdi.
Ta’kidlash kerakki, 32 yoshli portugaliyalik futbolchi o‘tgan yilning noyabrida “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirgan edi. Unga ko‘ra esa futbolchining tovon puli salkam 1 mlrd evroni (995 mln evro) tashkil etadi.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha, “Real” futbolchini 15 mln evroga sotib yuborishi mumkin. Agar ushbu transfer amalga oshsa, Ronaldu dunyo futboli tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, to‘rt karra "Oltin to‘p" sohibiga «Manchester Yunayted», PSJ, va «Monako»kabi jamoalar, qolaversa Xitoy klublaridan biri jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar