Beyl kataloniyaliklarga qarshi o‘ynashi mumkin
Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beyl yaqinlashib kelayotgan o‘yinlarda jamoasiga yordam berishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, uelslik futbolchi hafta boshidan buyon jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Ammo, Zinedin Zidan UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki “Napoli”ga (3:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda Beylni tarkibga kiritmagan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra Beyl ertaga bo‘lib o‘tadigan “Espanol”ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin. Avvalroq esa "qirollik klubi" sardori Serxio Ramosning jarohati sabab ertanggi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Espanol” jamoalari o‘rtasidagi bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:15da start oladi.

Fikrlar