Ispaniya chempionatida darvozabonlarning rekordlari

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionati rekordlari haqida maqolalar turkumimizni davom ettiramiz. Bu safar La ligada darvozabonlar tomonidan o‘rnatilgan rekordlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Eng ko‘p penalti qaytargan darvozabon: Diego Alves - 19 ta
Alves "Almeriya" va "Valensiya" jamoalari tarkibida chempionatda raqiblar tomonidan tepilgan 19 ta penaltini bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan. Bu borada unga "Real" va "Barselona"da to‘p surgan afsonaviy kiperlar ham xavas qilishadi.

Bir mavsumda eng ko‘p "quruq" o‘yin o‘tkazgan darvozabon: Frantsisko Liano - 26 o‘yin
"Deportivo" posboni Frantsisko Liano 1994/95 yilgi mavsumda 42 ta o‘yinning 26 tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan holda, Primeroda takrorlanishi juda-juda qiyin bo‘lgan rekordni o‘rnatib ketdi.

Bir mavsumda o‘rtacha eng kam gol o‘tkazgan darvozabonlar: Frantsisko Liano, Yan Oblak - 0,474
"Deportivo" darvozaboni Frantsisko Liano1993/94 yilgi mavsumda, "Atletiko" posboni yan Oblak esa 2015/16 yilgi mavsumda 38 o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozalaaridan 18 ta gol o‘tkazib yuborishgan.

Eng ko‘p "quruq" o‘yin o‘tkazgan darvozabon: Andoni Subisaretta - 233 o‘yin
Subisaretta Bilbaoning "Atletik" jamoasida 66 ta, Kataloniyaning "Barselona" klubida 123 vaa "Valensiya"da 44 ta "quruq" o‘yin o‘tkazib, ajoyib rekord o‘rnatgan.

Mavsumni eng uzoq "quruq" boshlagan darvozabon: Klaudio Bravo - 754 daqiqa
"Barselona" darvozaboni Bravo 2014/15 yilgi mavsumda dastlabki 8 ta o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. 9-turda "El-klasiko"da Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Ronaldu Klaudioning 754 daqiqalik "quruq" ceriyasiga barham berdi.

Eng uzoq "quruq" o‘yin o‘tkazgan darvozabon: Abel Rezino - 1275 daqiqa
Madridning "Atletiko" jamoasi posboni Rezina 1990/91 yilgi mavsumda 1275 daqiqa mobaynida o‘z darvozasini "quruq" saqlagan. Ushbu rekord natijani 26 mavsumdan buyon hech bir kiper yangilay olmayapti.

Furqat Yusupov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!