
"Milan derbisi"dagi eng yaxshi 5 to‘purar
21 noyabr kuni Italiya chempionatining 13-turining markaziy o‘yinida "Milan" va "Inter" jamoalari to‘qnash kelishadi. Shu bois, biz sizning hukmingizga mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan 5 futbolchi haqida ma’lumot berib o‘tishni joiz deb topdik.
5. Enriko Kandiani - 10 gol
Kandiani 1937-1946 yillarda "Inter" tarkibida 71 ta gol urgan bo‘lsa, 1949-1950 yillarda "Milan" uchun 8 ta golga mualliflik qilgan. U "Milan derbisi"da har ikki jamoa libosida umumiy hisobda 10 ta golga mualliflik qilgan.
4. Ishtvan Niers - 11 gol
Niers "Inter" jamoasi uchun 1948-1954 yillar mobaynida A ceriyada 133 ta gol urgan. Ishtvan ana shu gollarning 11 tasini "neradzurri"larning ashaddiy raqibi hisoblanadigan "Milan" darvozasiga kiritgan.
3. Gunnar Nordal - 11 gol
Nordal 1949-1956 yillar davomida "Milan" jamoasi uchun 210 ta gol kiritgan. Shvetsiyalik hujumchi ana shu gollarning 11 tasini Milan derbisida nishonlagan. Gunnar besh bora A ceriya to‘purari uchun atalgan sovrinni qo‘lga kiritganini alohida ta’kidlab o‘tmoq joiz.
2. Juzeppe Meatstsa - 12 gol
Meatstsa har ikki jamoa tarkibida ham harakat qilgan. U 1927-1940 va 1946-1947 yillari "Inter" jamoasi uchun 284 gol urgan bo‘lsa, 1940-1942 yillari esa "Milan" klubi uchun 11 ta to‘p kiritgan. Juzeppe derbilarda o‘z nomini 12 marta tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
1. Andrey Shevchenko - 14 gol
Milan derbilarida eng ko‘p gol urgan futbolchi Shevchenkodir. Ukrainalik hujumchi 1999-2006 yillarda "rossoneri"lar raqiblari posbonlarini 175 marta ranjitgan. Sheva chempionatda 8, kubok va evrokuboklarda 3 martadan "Inter" darvozasini aniq nishonga olgan.
Furqat Yusupov tayyorladi
Blogdagi boshqa maqolalar
"Milan derbisi"dagi eng yaxshi 5 to‘purar
Madrid derbisining 5 to‘purari
Madrid derbisining 5 "gvardiyachisi"
"Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuviga oid 20 fakt
"Arsenal"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan 7 futbolchi
"Sho‘rtan" - "Qo‘qon-1912" uchrashuviga oid 10 fakt
Zlatan Ibragimovichning rekordlari (1-qism)
"Olmaliq" - "Paxtakor" uchrashuviga oid 10 fakt
LA LIGA TARIXIDA GOL URISh BO‘YIChA REKORDLAR (1-QISM)
"NEFTChI" - "QIZILQUM" UChRAShUVIGA OID 10 FAKT
RUNI ENG KO‘P GOL URGAN 7 JAMOA
"BUNYoDKOR" - "NAVBAHOR" UChRAShUVIGA OID 10 FAKT
"MASh’AL" - "BUXORO" UChRAShUVIGA OID 10 FAKT
"MANChESTER YuNAYTED" - "ARSENAL" TO‘QNAShUVIDA ENG KO‘P GOL URGAN 7 FUTBOLChI
LA LIGA TARIXIDA GOL URISh BO‘YIChA REKORDLAR (2-QISM)
Fikrlar