"Real" rekordlar kitobi: Xentodan Kasilyasgacha (1-qism)

CHERY AUTO

Madridning "Real" jamoasi rekordchilari haqida qanchalik ma’lumotga egasiz. Biz bugunda boshlab "qirollik klubi" rekordlar kitobiga nazar solib o‘tamiz. Ushbu maqolaning birinchi qismini quyida o‘qishingiz mumkin.

Eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi - Frantsisko Xento
Xento "Real" tarkibida 1953-1971 yillar davomida to‘p surgan. U ana shu davr ichida klub bilan birgalikda 23 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Jumladan olti bor Chempionlar kubogi g‘olibi bo‘ldi.

Maydonga tushgan eng yosh futbolchi - Martin Edegor
Norvaegiyalik vunderkind 2015 yilning 23 may oqshomida "Xetafe" bilan uchrashuvda Ronalduning o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi. Ana shu paytda Edegor 16 yoshu 157 kunlik edi. Bu esa unga "Qirollik klubi" tarkibida maydonga tushgan eng yosh futbolchi nomini taqdim etdi.

Maydonga tushgan eng qariya futbolchi - Ferents Pushkash
Vengriyalik hujumchi 1965 yilning 21 noyabr sanasida "Sevilya"ga qarshi o‘yinda klubdagi eng so‘ngi o‘yinini o‘tkazdi. O‘sha paytda Pushkash 38 yoshu 233 kunlik edi. Shu tariqa Ferents klub tarixida maydonga tushgan eng qariya futbolchi sifatida tarixdan joy oldi.

Ispaniya chempionatida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi - Raul
Raul 1994 yilda "Real" safida debyut qilgan edi. U shundan so‘ng "Real" libosida 16 yil davomida Ispaniya chempionatida 550 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar posbonlarini 228 marta ranjitishga muvaffaq bo‘lgan.

Ispaniya kubogida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi - Karlos Santilyana
1971-1988 yillarda "Qirollik klubi" libosini kiygan Santilyana kubok o‘yinlarida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchidir. Karlos Qirol kubogida 84 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Ispaniya superkubogida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilar - Raul, Iker Kasilyas
"Real"ning ikki tarbiyalanuvchisi Raul va Kasilyas superkubok o‘yinlarida 12 martadan maydonga tushgan holda, bu borada o‘ziga xos rekord o‘rnatshgan.

Xalqaro musobaqalarda eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi - Iker Kasilyas
Kasilyas 1999-2015 yillarda "galaktikos" darvozasini xalqaro musobaqalarda 162 ta bellashuvda munosib himoya qilgan. "Real"ning boshqa hech bir futbolchisi xalqaro maydonlarda bunchalik ko‘p uchrashuv o‘tkazmagan.

Furqat Yusupov tayyorladi

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!