San’at Shixov “Buxoro”da qolishga yaqin
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin “Buxoro” klubida yuz bergan o‘zgarishlardan so‘ng ayrim futbolchilar jamoani tark etishdi.
So‘nggi paytlarda o‘tgan mavsumni “Buxoro”da o‘tkazgan San’at Shixovni ham boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.
Ammo futbolchining o‘zi bu xabarlar yozg‘on ekanligi borasida SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum qildi. Shuningdek, Shixov “Buxoro” jamoasida qolish niyati borligini ham aytib o‘tdi.

Qolaversa, futbolchi ayni paytda o‘zi individual tarzda shug‘ullanmoqda. U katta ehtimol bilan yangi mavsumni ham Buxoroda boshlaydi.


Fikrlar