Bardam bo‘l, Shoma! Mourino “Roma”ga ko‘p gol uradigan futbolchi olyapti

  • 13 oktabr, 2021, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma”ning eng raqobat kuchli nuqtasi hujum chizig‘i hisoblanadi. Joze Mourino bir hujumchi o‘ynaydigan taktika qo‘llamoqda va bu joy “bo‘rilar”ning eng qimmat futbolchisi Temmi Abraxamniki ekanini kafolatlangan. Angliyalik hujumchiga o‘rinbosar bo‘lish uchun Eldor Shomurodov, Karles Peres, Stefan El-Shaaravi, Borxa Mayoral o‘zaro raqobatlashmoqda. Ular orasida bosh murabbiy ko‘proq Eldor va Stefanga ishonch bildiryapti.

20081143_0_0_3073_1728_1920x0_80_0_0_65c3147f9292257cfb121a2bb2ea91a9

Shunga qaramay, Joze Mourino jamoasi gollarining aksariyati yarim himoya vakillari urmoqda. Xususan, A Seriyadagi bahslarda maydon markazida o‘ynaydigan Lorentso Pellegrini va Jordan Veretu to‘rttadan, Genrix Mxitaryan ikki marta to‘p kiritgan. Jami beshta hujumchi hisobida esa uchta nishonga tekkan zarba bor xolos.

Mourino jamoa hujumkorligini oshirish uchun “Portu”dan ko‘p gol ura boshlagan o‘yinchi olishga qaror qildi.

“Portu”ning 24 yoshli futbolchisi Luis Dias joriy mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. Ikki yil davomida Evropa futboliga to‘liq moslashib olgan kolumbiyalik futbolchi chempionatda sakkizta uchrashuvda raqib darvozabonlarini olti bor ojiz qoldirdi.

Iste’dodli futbolchining samaradorligi “Roma”dan tashqari “Barselona” va Angliya klublari e’tiborini ham o‘ziga tortmoqda.

“Portu” bu o‘yinchisi uchun daromadli taklif bo‘lsa, uni qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan. Demak, Mourino sobiq jamoasi rahbarlariga murojaat qilib, orzusidagi futbolchini olish imkoniga ega.

jeverton-uveren-v-tom-chto-emu-udastsja-podpisat-luisa-diasa-hames-rodriges-stanet-chastju-sdelki

Bu futbolchi arzon, lekin ishonchli ekan!

“Roma”ning transfer nishonlari qatoriga “Sampdoriya”da to‘p tepayotgan polshalik Bartosh Bereshinski ham qo‘shildi.

Joze Mourino 29 yoshli himoyachini qishki transferlar davrida xarid qiladi. Genuyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadigan futbolchining transferi “bo‘rilar”ga 6 million evroga tushadi.

Joriy mavsumda Bereshinski ettita uchrashuvda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini udallash barobarida jamoadoshlariga bir juft golli pas ham oshirdi.  

Bartosh Bereshinski Polsha terma jamoasining ham etakchi o‘yinchilaridan hisoblanadi.

1047967202

Veretu yangi shartnoma oladi

“Roma” aksariyat futbolchilari bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqda. Yangi bitim oladigan o‘yinchilar ro‘yxatida frantsiyalik legioner Jordan Veretu ham bor.

Rim klubida uchinchi mavsumini o‘tkazayotgan yarim himoyachi to‘purarlik mahoratini namoyish etib kelmoqda. “Roma”dagi ilk mavsumida 33 ta uchrashuvda oltita gol urgan Veretu o‘tgan chempionatda  29 ta bahsda raqiblar darvozasini 10 marta ishg‘ol qilib, eng ko‘p to‘p kiritgan ikki futbolchidan biri bo‘ldi.

Joriy mavsumda u ettita uchrashuvda o‘z nomiga to‘rtta gol yozdirib qo‘ydi. Klub rahbariyati uning 2024 yilning yozigacha davom etadigan shartnomasini maosh qo‘shgan holda ikki yilga cho‘zib qo‘ymoqchi.

picture_10

“Roma”ga “Ayaks”yulduzi kerak

“Roma” e’tiborini “Ayaks” himoyachisi Nusser Mazrauiga qaratdi. Bu futbolchining amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi.

Marokashlik himoyachi o‘z kuchini kuchliroq chempionatda sinab ko‘rishga tayyor. Unga “Roma”dan tashqari “Napoli” ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, A Seriyaning har ikki klubi vakillari Mazrauining agenti Mino Rayola bilan aloqaga chiqqan.

Mazraui “Ayaks” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bu klubning asosiy tarkibida jami 113 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘qqiz marta to‘p kiritgan. Ikki karra Niderlandiya chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Transfermarkt portali iste’dodli futbolchining transferini 18 million evroga baholadi.

noussair_mazraoui_1

“Real” “Roma” hujumchisini olmoqchi. U kim ekan?

Mourino “Roma” futbolchilari terma jamoalarga chaqirilishidan norozi. Ketganlar orasida Shomurodov ham bor!

Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!

Yaxshiboev gol urgan uchrashuvdan keyin “realchilar” uchga bo‘lindi!

“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ANNAQULOV G'ULOM
13/10/2021 11:15
Nafaqat Shomurodov balki butun jamoa o`ynamadi, bunaqa o`yinlardan keyin futboldan xam ko`ngil qoldi. O`zi terma jamoaga nimadir bo`lganmi deyman.
PROSTO TELE
13/10/2021 10:34
Шомуродов бир сезон шошилиб куйди Ромага утишга. Озрок шошмай туриш керак эди. Бу агар хакикатдан Портудан утадиган булса Абрахамни хам захирага уткизади Моур. Майли Элдор уз устингда ишлашдан тухтама. Йозда ростдан хам агар Севильядан таклиф булаётган булса утиб кет. Яна ва яна уз устингда ишлашдан тухтама Элдор. Мавсум узун булади Европада. Хали имкониятинг келади.
&
Gumbazz
13/10/2021 08:09
Шомуродов шу кулубга утиб муаммоларга ботдими дейман кечагача ьулиб утган термада хам куиинмади нима фудболдан кунгли колган кишидай куриняпти бир худойи ёки бир эатми кур'уон килиши керак шу бола