Fayzullaev o‘zi uchun 2023 yilning eng muhim voqeasini aytdi

  • 2 yanvar, 2024, 00:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA matbuot ixizmati klub futbolchilaridan yil yakunlari munosabati bilan blits intervyular olib, muxlislar e’tiboriga havola qildi.

Ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini jamoa etakchisiga aylangan Abbosbek Fayzullaev bilan bo‘lgan savol-javob o‘ziga tortdi.

czska-dinamo-1-928x555

- Yangi yil dasturxonaga qo‘yilishi shart bo‘lgan eng sevimli bayram taomi qaysi?

-  O‘zbekcha norin.

- Yangi kechasidagi eng yaxshi an’ana?

- Butun oila bilan bir dasturxon atrofida jamlanib, bir-biriga yaxshi tilaklar va niyatlar bildirish.

- Yangi yilga bag‘ishlangan eng sevimli film qaysi?

- “Uyda yolg‘iz”.

- 2023 yildagi eng esda qolarli voqea?

- 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘lish va mamlakat Prezidenti qo‘lidan kubokni qabul qilib olish.

IMG_4509

Ta’kidlash joizki, Abbosbek Fayzullaev eng muhim voqea sifatida e’tirof etgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionati uning faoliyatida katta burilish yasadi.

Fayzullaev yoshlar terma jamoasi etakchisi sifatida hamyurtlarimizning qit’a miqyosidagi musobaqada g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shdi. Turnir tashkilotchisi – Osiyo futbol konfederatsiyasi Abbosbekning xizmatlarini tan olib, uni musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirladi.

Iste’dodli hujumkor futbolchimiz aynan mana shu musobaqada xorij klublari mutaxassislari e’tiboriga tushdi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi qit’a chempioni sifatida Argentinada o‘tkazilgan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham juda yaxshi o‘yin namoyish qildi. Bu musobaqadan keyin Evropa klublari o‘zbek futbolchilariga e’tibor qaratdi.

Osiyo va jahon chempionatida o‘ynagan yigitlarimiz orasida Abbosbek Fayzullaevdan tashqari Abduqodir Husanov kuchli ligaga yo‘l olib, Frantsiya vitse-chempioni “Lans” bilan to‘rt yillik shartnomaga imzo chekdi.

Abbosbek Fayzullaev esa, TsSKA taklifini qabul qildi. Hozir uning tanlovi to‘g‘ri bo‘lgani  o‘z tasdig‘ini topgan.

20 yoshli Abbos ekspertlar tomonidan Rossiya Premer-ligasi kashfiyoti, liganing eng kuchli o‘yinchisi, TsSKAning eng yaxshi futbolchisi kabi e’tiroflarga sazovor bo‘lmoqda.

photo_2023-12-18_17-45-23

Qolaversa, Fayzullaevning transfer summasi keskin oshib, to‘rt million evroga etdi. Ayni paytda Abbosbek O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida yana bir nufuzli musobaqa – Osiyo kubogida qatnashishga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti.

Fayzullaev Bellingemga bas kelolmadi

Husanovni “Lans”da saqlab qolishimiz kerak!

Fayzullaev raqib ustiga qo‘rqmay bostirib boradigan futbolchi!

Fayzullaev kutilmaganda paydo bo‘ldi!

Fayzullaevga Evropadan e’tibor bo‘ldi

Odil Ahmedov: Eto′O eski kelishmovchilik tufayli Roberto Karlosni jamoadan olib tashlagan edi...

O‘zbekistonda Evropada o‘ynay oladigan futbolchilar bor...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!