Fayzullaevdan yangilik kutyapmiz...

  • 15 noyabr, 2023, 21:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev qisqa fursat ichida Rossiya Premer-ligasidagi eng mashhur o‘zbek futbolchisiga aylandi.

Rossiya futbolidagi aksariyat hollarda Abbos haqida fikr bildirishiga to‘g‘ri kelyapti. Ayni paytda Fayzullaev mashhurlik borasida uch yil muqaddam “Rostov”dan Italiyaning eng qadimiy klubi “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgani ancha shov-shuv bo‘lgan Eldor Shomurodovdan qolishayotgani yo‘q.

image_2023-08-01_08-01-38

Rossiya Premer-ligasining birinchi davrasi yakunlandi. Bu gal chempionlik va sovrinli o‘rinlar uchun kurash har qachongidan qizg‘in kechadigan ko‘rinadi. Mutaxassislar birinchi davra bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashmoqda.

Sports.uz portali rossiyalik futbol mutaxassislarining Abbosbek Fayzullae v haqidagi mulohazalari muxlislar e’tiboriga havola etadi.

Vyacheslav Koloskov, Rossiya futbol ittifoqi faxriy prezidenti:

Bu mavsum hali hech qaysi jamoa meni hayratga solgani yo‘q. Chempionat boshlanishidan oldingi taxminlar amalga oshmoqda. Avvaldan birinchi o‘rin uchun “Zenit”, “Krasnodar”, TsSKA va “Dinamo” jamoalari kurashishi kutilgandi. Krasnodarliklar va piterliklarning tarkibi juda yaxshi shakllangan. Ularning etakchi qilayotgani shunga bog‘liq.

Abbosbek Fayzullaev TsSKAga qo‘shilib ketdi. Lekin uni hozir “Zenit”dagi braziliyaliklardan zo‘r, deb bo‘lmaydi. Fayzullaev “armiyachilar” hujumiga shiddat qo‘ydi, bu futbolchi TsSKA uchun haqiqiy topilma. Biz braziliyaliklar nimaga qodirligini bilamiz, biroq Abbosdan yangilik kutamiz.

Yuriy Syomin, Rossiya terma jamoasi va “Lokomotiv” sobiq bosh murabbiyi:

Joriy mavsumning birinchi davrasida eng asosiy kashfiyot kim bo‘ldi? Shaxsan menga Abbosbek Fayzullaev chempionatning birinchi qismida qanday o‘ynagani juda yoqdi.

Bu futbolchining kelajagi porloq. Fayzullaev juda aqlli o‘yinchi.

Vladimir Granat, Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi:

Tyukavin joriy mavsumni to‘liq bir maromda o‘tkazayotgani yo‘q. U birinchi davra boshida va oxirida yaxshi o‘ynadi.

Abbosbek Fayzullaevning chempionat birinchi yarmi oxiriga borib o‘yini ochilib ketdi. Shuningdek, “Krasnodar” qanot himoyachisi Volkovni ham yaxshi o‘ynaganini ta’kidlash lozim. Bu futbolchi mavsum boshidan beri yorqin va barqaror zyin ko‘rsatyapti.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” safidan TsSKAga avgust oyida ko‘chib o‘tgan edi. Legionerimiz qisqa fursat ichida “armiyachilar”ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi.

30640.120880.789_1

Fayzullaev sentyabr va oktyabr oylarida TsSKVAning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, “Krilya Sovetov”, “Spartak” va “Rubin”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Italiyada O‘zbekiston o‘yinini alohida e’tibor bilan kuzatadigan bo‘lishdi

“Lans” Husanovni qo‘yib yuboradigan bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
15/11/2023 11:04
Файзуллаев тренда бугандан кейин ёзадиде
&
Усмонбек
15/11/2023 08:23
Айрим журналистлар шунака хамасимас узбек спорт ни хакикий журналист ака ука опа сингиларга бу езган гапларим талуклимас
&
Усмонбек
15/11/2023 08:18
Узбек спорт журналистларидан узру Сал норозиман Бир футболчи яхши уйнаб кузга куриниб колса гапируради езуради охири куз тегибми е Бир сабаб бн юколиб колса еслашмидиям Бир пайтлар зейтулаев кейин шомуродов шомуродов машарипла Рашидов деб эзворарди кайга карасанг шу гап Эди Энди файзулаев файзулаев хатоки купол бусаям туалета Канака когоз ишлатишигачам езади индамаса булдида Энди тинч куйинглар болани