“Lans” Husanovni qo‘yib yuboradigan bo‘ldi

  • 1 dekabr, 2023, 17:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralash turnirini boshlaydi. Futbolchilari 16 noyabr kuni Turkmaniston, 21 noyabrda Eron milliy terma jamoasiga qarshi rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushadi.

Bosh murabbiy Srechko Katanets bo‘lajak o‘yinlarga Evropa kuchli beshlik ligalaridan Abduqodir Husanovni ham chaqirtirgan.

20230909192413_PFL_6980

Ayni paytda Frank Xeyz shogirdlari Frantsiya chempionati va Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etmoqda. Chempionatni muvaffaqiyatsiz boshlagan lansliklar keyinchalik o‘zini o‘nglab oldi. Husanov jamoasi 12-turda kuchli raqib – “Marsel” ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Endi “Lans” tarkibidan bir necha o‘yinchilar FIFA kunlari munosabati bilan klubni vaqtinchalik tark etadi. Frantsiya futbolini yoritayotgan bir necha manbalar, xususan, le11hdf.fr hamda lensois.com  saytlari “Lans” o‘z mamlakatlari terma jamoalaridan chorlov olgan o‘yinchilarni qo‘yib yuborishini ma’lum qildi.

Ta’kidlash joizki, manbalar “Lans” tarkibida joriy mavsumda ikki marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan Abduqodir Husanov ham muhim uchrashuvlarga jalb etilganiga to‘xtaldi.

- Abduqodir Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionati kvalifikatsiyasi doirasida 16 noyabr kuni Turkmaniston va 21 noyabrda Eronga qarshi bo‘ladigan uchrashuvlarga jalb etilgan, - deb bayonot bermoqda Frantsiyadagi manbalar.

Nufuzli manbalar “Lans”ning quyidagi futbolchilari o‘z mamlakatlari terma jamoalariga yo‘l olgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Bris Samba (Frantsiya milliy terma jamoasi):

Frantsiya – Gibraltar,  18 noyabr, “Evro-2024” saralashi.

Gretsiya – Frantsiya, 21 noyabr, “Evro-2024” saralashi.

Ele Vaxi (Frantsiya yoshlar terma jamoasi):

Avstriya - Frantsiya 17 noyabr,  “Evro 2025” saralashi.

Frantsiya -  Janubiy Koreya 20 noyabr, o‘rtoqlik uchrashuvi.

Pshemislav Frankovski (Polsha milliy terma jamoasi):

Polsha - Chexiya, 17 noyabr, “Evro-2024” saralashi.

Polsha – Latviya, 21 noyabr, o‘rtoqlik uchrashuvi.

Kevin Danso (Avstriya milliy terma jamoasi):

Estoniya – Avstriya, 16 noyabr, “Evro-2024” saralashi.

Avstriya – Germaniya,   21 noyabr, o‘rtoqlik uchrashuvi.

Deyver Machado (Kolumbiya milliy terma jamoasi):

Kolumbiya – Braziliya,  17 noyabr, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.

Paragvay – Kolumbiya, 22 noyabr,  2026 yilgi jahon chempionati saralashi.

Morgan Gilavogi (Gvineya milliy terma jamoasi):

Gvineya – Uganda, 17 noyabr, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.

Botsvana – Gvineya, 21 noyabr, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.

Salis Abdul Samed (Gana milliy terma jamoasi):

Gana – Madagaskar,  17 noyabr, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.

Komor orollari –Gana,  21 noyabr, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.

Yannik Pandor (Komor orollari milliy terma jamoasi):

Komor orollari – Markaziy Afrika Respublikasi, 17 noyabr, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.

Komor orollari – Gana 21 noyabr, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.

Massadio Xaydara (Mali milliy terma jamoasi):

Mali – Chad, 17 noyabr, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.

Mali – Markaziy Afrika Respublikasi, 20 noyabr, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.

Nil El-Aynaui (Marokash U23):

Daniya – Marokash, 16 noyabr, o‘rtoqlik uchrashuvi.

Marokkash – AQSh , 21 noyabr, o‘rtoqlik uchrashuvi.

Ayanda Sishuba (Belgiya U19):

Sloveniya – Belgiya, 15 noyabr, Evropa chempionati saralash uchrashuvi.

Belgiya – Albaniya, 18 noyabr, Evropa chempionati saralash uchrashuvi.

Belgiya – Irlandiya, 21 noyabr, Evropa chempionati saralash uchrashuvi.

pr48y1jw24lfpf2319sbkvhrqbpykgzr

“Lans” jamoasi Frantsiya chempionatidagi navbatdagi bellashuvini 25 noyabr kuni safarda “Klermon” futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.

TsSKA Fayzullaevni Evropaga qachon qo‘yib yuborishi mumkinligi aytildi

Fayzullaev Evropadan yaxshi taklifni rad etmaydi!

Legionerlarimiz muhtojlarga ovqat tarqatdi (foto)

Fayzullaevning kuchiga Evropaga o‘tganida baho beramiz!

Shomurodovni Italiyada men kashf qilganman, hali Eldorning yordami katta bo‘ladi!

Fayzullaev O‘runov duch kelgan muammolarga uchramaydi

Fayzullaev, qo‘rqmay bosaver!

Shomurodov eng oxirida, Husanov esa yo‘q!

Fayzullaev o‘zbek futbolining kuchli jihatini aytdi

Fayzullaevni emas, Messini maqtang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
13/11/2023 23:12
Keyingi safar sarlavhaga Lans husanovdi haydab yubordi deb yozinglar hamma qiziqib kirib uqiydi
Шоим Зарипов
14/11/2023 08:36
Хафа булманглар хозирги журналистлар хаммаси онлайн укиган укгани хам отсини пулига укиган булардан кура мол бозоридаги даллоллар саводлирок.
Komil Habibulloh
14/11/2023 07:53
Lans Husanovga chiqish eshsiklarini ko'rsatib qo'ydi...

Va Abduqodir Husanov shu eshiklarning biridan chiqib Terma Jamoa yeg'iniga yetib kelish uchun yo'lga otlandi)