Hasanboy Do‘smatovning Bibosinov ustidan g‘alabasini qozog‘istonliklar qanday baholadi?

  • 1 oktabr, 2023, 12:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Osiyo o‘yinlarining boks musobaqasida eng ko‘p kutilgan janglardan biri Hasanboy Do‘smatov va qozog‘istonlik Saken Bibosinov o‘rtasida bo‘ldi.

Tecno

Bu ikki charm qo‘lqop ustasining raqobati uch yildan beri muxlisu mutaxassislar e’tiborida turadi. Bibosinov 2021 yili Belgraddagi jahon chempionatida Hasanboydan ustun kelgan edi. Keyingi yili o‘zbek bokschisi Ammandagi qit’a chempionatida revansh olishga muvaffaq bo‘ldi.

maxresdefault_3

Hasanboy va Saken o‘rtasidagi uchinchi to‘qnashuv joriy yil boshida Toshkent mezbonlik qilgan jahon chempionatida yuz berishi kutilgandi. Biroq Bibosinov saralash uchrashuvlaridan birida mag‘lub bo‘lib, musobaqani erta tark etdi.

Hasanboy Do‘smatov esa, barcha raqiblarini engib, jahon chempioni bo‘ldi. Shu tariqa, hamyurtimiz uch yirik musobaqa – Olimpiya o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan kam sonli charm qo‘lqop ustalari qatoriga qo‘shildi.

Bu kollektsiya to‘liq bo‘lishi uchun andijonlik bokschiga Osiyo o‘yinlarining oltin medali etishmayapti.

Do‘smatov mana shu medal yo‘lida Saken Bibosinovga to‘qnash keldi. Osiyo o‘yinlarining boks musobaqasi 51 kilogramm vazn toifasidagi 1/8 finalda o‘zbek bokschisi yana bir bor ustunlik qildi. Jang 4:1 hisobida hamyurtimiz foydasiga hal bo‘ldi.

Do‘smatov medal uchun yurishni davom ettiradigan bo‘lsa, Bibosinov esa, musobaqadan chiqib ketdi. Bu ikki charm qo‘lqop ustalarining o‘zaro hisob-kitobidagi natija 2:1 ko‘rinishiga keldi.

O‘z davrida professional boksning IBA versiyasi bo‘yicha jahon chempionligi kamariga ega chiqqan qozog‘istonlik taniqli charm qo‘lqop ustasi  Marat Mazimbaev ko‘pchilikning e’tiboridagi jangga o‘z munosabatini bildirdi.

243169_680

- Bokschilar yaqin masofadandan jang olib bordi. Bularning har ikkisi ham bir-biriga munosib raqib. Saken qanday xatolarga yo‘l qo‘ydi? O‘zimizning bokschilarimizga muxlislik qilar ekanmiz, bu borada biror nimani sharhlash juda qiyin.

Juda alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. Ko‘proq ishlash kerak edi. Birinchi raundda Saken tashabbusni berib qo‘ydi. Birinchi raqamda ishlash kerak edi. Shu bois, hakamlar ustunlikni o‘zbek bokschisiga berdi.

Mening nazarimda hammasi adolatli bo‘ldi, - dedi Marat Mazimbaev.

Legionerimizning goli jamoasini chempionlikka yaqinlashtirdi, o‘zi esa...

Raneri gol ura olmayotgan Shomurodov haqida nimalar dedi?

Abbosbek Fayzullaev Ispaniyaga yo‘l olishi kerak...

Fayzullaev Evropaga ketmoqchi edi...

Fayzullaev qaerda o‘ynashi kerakligini aytishdi

Shomurodovdan gol urishni talab qilishyapti!

Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Н Н
28/09/2023 23:41
https://r.honeygain.me/BUXG911C26