Husanovni Frantsiyada kutishyapti!

  • 12 yanvar, 2024, 08:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropa ligalaridagi jamoalarning afrikalik va osiyolik legioner o‘yinchilari milliy terma jamoalari sifatida o‘z qit’alari chempionatida qatnashish uchun klublari bilan vaqtinchalik xayrlashgan.

Kuchli beshlik ligalaridan umumiy hisobda 160 nafar futbolchi Osiyo kubogi va Afrika Millatlar ligasi musobaqalarida ishtirok etishga jalb qilindi.

Frantsiya chempionatidan 58 nafar afrikalik va oltita osiyolik charm to‘p ustalari xalqaro o‘yinlarda maydonga tushadi.

“Lans” klubi muhim uchrashuvlar qarshisida turganiga qaramay, jami to‘rtta futbolchini terma jamoalarga kuzatib qo‘ygan.

photo_2023-11-26_07-50-26

Yarim himoyachilardan Salis Abdul Samed Gana, Nampali Mendi Senegal va hujumchi Morgan Gilavogi Gvineya terma jamoalari safida Kot’d Ivuar mezbonlik qilayotgan Afrika Millatlar ligasida jo‘nab ketdi.

Markaziy himoyachi Abduqodir Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Qatardagi Osiyo kubogidagi yurishini boshlayapti.

Kolumbiyalik Oskar Kortes esa, o‘z mamlakati olimpiya terma jamoasi safida 2024 yili Parij mezbonlik qiladigan yozshi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun saralash musobaqasida hamyurtlariga yordam berishi kerak.  

Frantsiyada “Lans” muxlislari o‘rtasidagi o‘z terma jamoasiga jalb etilgani tufayli jamoaga etishmayotgan o‘yinchini aniqlash maqsadida so‘rov tashkil qilindi.

Nufuzli manba –  lensois.com   sayti kuzatuvchilari ovoz berish orqali jamoaga eng ko‘p kerak bo‘ladigan futbolchini aniqladi.

Unga ko‘ra, so‘rovnomada qatnashganlarning eng ko‘p – 43,8 foizi “Lans”ga o‘zbekistonlik Abduqodir Husanov etishmayotganini ma’lum qildi.

Bu holat 19 yoshli legionerimiz Liga 1 turniridagi o‘yinlari orqali lanslik futbol ishqibozlarining e’tibori va e’tirofini qozonganidan dalolat beradi.

So‘rovnomada ikkinchi o‘rinda 25,2 foiz ovoz olgan Salis Abdul Samed qayd etildi. Senegallik yarim himoyachi Nampalis Mendiga 24,8 foiz respondent ovoz berdi.

Natijalarning umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ldi:

Abduqodir Husanov: 43,86%

Salis Abdul Samed: 25,2%

Nampalis Mendi: 24,8%

Morgan Gilavogi: 3,52%

Oskar Kortes: 2,61%

adbukodir-khusanov-lens-metz-2023-e1694894958204-600x400

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatardagi Osiyo kubogining “V” guruhidan joy olgan. Srechko Katanets shogirdlari 13 yanvar kuni Suriya, 18 yanvarda Hindiston va 23 yanvar kuni Avstraliya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Superkompyuter O‘zbekistonning Osiyo kubogida g‘olib chiqish imkoniyatini baholadi

Osiyo kubogida O‘zbekistonning besh nafar futbolchisi kuzatuvda bo‘ladi!

Fayzullaev va yana to‘rt yosh yulduzni tanlashdi!

“Kalyari”da katta o‘zgarishlar kutilmoqda: Klub Shomurodovdan voz kechyaptimi?

“Barsa”da Yamal, bizda Fayzullaev!

O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi Suriya Rossiyadan Fayzullaevni yaxshi biladigan futbolchini chaqirdi!

Nihoyat, Fayzullaev muxlislar va mutaxassislarga murojaat yo‘lladi

Fayzullaev eng muhim voqeani aytdi

Fayzullaev raqib ustiga qo‘rqmay bostirib boradigan futbolchi!

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
12/01/2024 08:21
Кузим тушиши билан газабланиб,бошка спорт сайтларига кириб кетаман
&
Адхамжон Низомов
12/01/2024 08:18
100 марта дан сарлавхани кайта-кайта куявер,долбаеблар.Просмотр булади деб.Хозирни узида 6тасини кайта куйибсанлар.Эрталабдан кайфиятни тикадиган еринга тикишдинг.Хе...уша сенларни.....