Jamoasini goldan qutqargan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

  • 19 fevral, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatida yuqori o‘rinlar va Evrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashayotgan amaldagi vitse-chempion “Lans” 22-turda musobaqa jadvalida yanada yuqoriga ko‘tarilib olish imkonini qo‘ldan chiqardi.

Tecno

Frank Xeyz shogirdlari chempionatning o‘rtamiyona jamoalaridan hisoblangan “Reyms” maydonidan 1:1 hisobidagi durang bilan qaytdi. Uchrashuvdagi hisobni mezbonlar vakili Umar Diakite 41-daqiqada ochishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida lansliklar Uesli Saidning goli evaziga vaziyatni o‘ngladi.

khusanov-ito-reims-lens-180224-e1708276853338

Boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan Abduqodir Husanov eng faol o‘yinchilardan biri bo‘ldi. Ayniqsa, “Lans”ning raqib hujumchisi Umar Diakitening xavfli hujumini o‘zbek futbolchisi to‘xtatib qolganidan keyinoq kiritilgani hamyurtimizning o‘yini muxlisu mutaxassislar tomonidan yuqori baholanishiga sabab bo‘ldi.

Frantsiya futboli, xususan, “Lans” faoliyatini yotirib kelayotgan le11hdf.fr   sayti eksperti Entso Paylot Abduqodir Husanov o‘yinini quyidagicha baholadi.

- Bonlang‘ich tarkibda Jonatan Gradit o‘rnini egallagan Abduqodir Husanov yana bir bor o‘z iqtidori darajasini ko‘rsata oldi. Bu gal u himoya markazining o‘ng tomonida faol o‘ynadi. Osiyo kubogidan qaytganidan keyin “Frayburg”ga qarshi atigi bir necha daqiqa to‘p tepgan 19 yoshli o‘zbek futbolchisi bu gal ham o‘z xotirjamligi bilan jamoadoshlariga haqiqiy o‘rnak bo‘ldi.

Husanovning o‘yindagi eng yorqin harakati jamoa etakchisi Kevin Dansoning qo‘pol xatosidan keyin raqib o‘yinchisi Umar Diaketining darvoza tomon xavfli hujumini bartaraf etgani bo‘ldi. Aynan mana shu vaziyatdan keyin “Lans” hisobni tenglashtirdi.

Abduqodir to‘pni ushlab turish, hujumlarni kuchaytirgan aniq va uzun paslarni ko‘p marotaba yuqori mahorat bilan ijro etdi, - deb yozdi Entso Paylot.

Mazkur sayt “Lans” o‘yinchilarini quyidagicha baholadi:

Darvozabon: Samba (5 ball)

Himoyachilar:  Husanov (6), Danso (5), Medina (5)

Yarim himoyachilar: Frankovski (6), Mendi (5), Abdul Samed (4), Chaves (5)

Hujumchilar:  Tomasson (4), Said (6) , Fuldjini (4)

Yana bir nufuzli manba –  lensois.com sayti eksperti Eloiza de Mester “Reyms” va “Lans” uchrashuvining eng yaxshi ikki o‘yinchisi sifatida himoyani mustahkam ushlagan Abduqodir Husanov va gol urgan Uesli Saidni ko‘rsatdi.

- Abduqodir Xusanov raqib futbolchisi Dzyunya Itoning butun o‘yin davomida ko‘zdan qochirgani yo‘q. Himoyachi raqibga to‘pni ushlab turish imkonini bermadi. O‘zbek futbolchisi yaponiyalik hujumchiga  o‘yin bergani yo‘q.

1200x680_sc_000-34jq7pv

Biz Abduqodir Husanovning qobiliyati a’lo darajada ekanini e’tirof etishimiz kerak.  Yosh o‘zbek futbolchisi juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, - deb yozdi Eloiza de Mester.

Bundan tashqari,  lensois.com sayti muxlislar o‘rtasida uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi. Hozircha, ushbu so‘rovnomada 46,39 foiz ovoz jamg‘argan Abduqodir Husanov birinchi o‘rinda bormoqda. Hamyurtimizdan keyingi o‘rinda turgan Frankovskiga so‘rovnomada qatnashganlarning 20,51 foizi ovoz bergan. Kuchli uchlikdan 18,88 foiz ovoz to‘plagan Said o‘rin olgan. Qolgan futbolchilarga berilgan ovozlar hatto 4 foizga ham etgani yo‘q.

Bu O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqishiga ishonaman!

Legionerimiz Evropa Chempionlar ligasida porlashni ko‘zlayapti

O‘zbek klubiga yutqazgan futbolchi katta va’da berib qo‘ydi

Legionerimiz gol urdi

O‘zbek hujumchisini Premer-liga klubi o‘z safiga qo‘shib oldi

O‘zbek futbolchilari legionerga aylanishga tayyor

“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevni “Bavariya”ga o‘tkazish yo‘lini aytdi

Evropalik agent: “Bavariya”ning Fayzullaevga qiziqishi bejiz emas...

Osiyo kubogi futbolchilarimizga yangi jamoalarga yo‘l ochdi

Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
19/02/2024 08:32
Баракалла Абдукодир отанга рахмат
Pardayev Shavkat
19/02/2024 12:28
Бўлар эканку, тўлиқ маълумот берса. Рахмат.
&
Мурад Умаров
19/02/2024 10:41
Санга тарбия берган Отанга ва устозларинга Рахмат
Ali Bobo
19/02/2024 09:05
Otangga rahmat, hamisha shunday bo'lsin!
АЛИ
19/02/2024 09:00
Omad Abduqodir