
Umarovning qadriga etmagan BATE ketma-ket qoqilmoqda!
Bugungi kunda BATE Belarus chempionatining eng qudratli jamoasi sifatida mamlakat chempionligiga asosiy da’vogar sanaladi.
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari o‘tgan yildan beri bu jamoaga muxlislik qilib kelayotgan edi. Chunki borisovliklar katta umidlar bilan o‘z tarkibiga hamyurtimiz Shahboz Umarovni qo‘shib olgandi.
Legioner sifatida dastlabki mavsumini “Energetik-BGU”da o‘tkazgan va jami 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘lgan Shahboz Umarov BATEga o‘tganidan keyin ham yo‘qolib qolgani yo‘q.
Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan, kuchli zarbaga ega, jarima zarbalari ustasi, kurashuvchan hujumkor futbolchimiz qisqa fursatda jamoaning haqiqiy etakchisiga aylana oldi. BATE aksariyat g‘alabali o‘yinlarini aynan o‘zbek legioneri tashkil qilganini mutaxassislar bir necha bor e’tirof etgan.
2022 yilgi yangi mavsumda Belarus futboliga, xususan, BATE o‘yin uslubiga to‘liq moslashib olgan Umarov jamoa katta marralar sari etaklashi kutilgandi. BATE rahbariyati jamoaning asosiy aktivi hisoblangan hamyurtimizni kuchliroq ligalarga transfer qilish orqali klub byudjetini to‘ldirib olishni ko‘zlagani bor gap.
Lekin mavsumoldi yig‘inidagi birgina nazorat uchrashuvi hammasini barbod qildi. Aniqrog‘i, ilgari professional futbolchilar bilan ishlamagan va asosan yoshlar tarkibini tayyorlagan Aleksandr Mixaylovning BATEga bosh murabbiy qilib tayinlanishi va uning mashhur o‘yinchilar bilan muloqot o‘rnata olmasligi pand berdi deyish mumkin.
O‘sha nazorat o‘yinida Aleksandr Mixaylov chiroyli o‘ynashga harakat qilgan Shahbozga ikki bor qattiq tanbeh berdi. Tanbeh berish jarayonida o‘yinchiga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatdi. O‘zini hurmat qilgan Umarov maydonni so‘roqsiz tark etdi.
Keyinchalik Mixaylov Umarovni umuman qaydnomaga ham kiritmadi. Oxir oqibat Shahboz jamoadan ketdi. Yaqinda Qozog‘iston premer-ligasi vakili “Ordabasi” futbolchimizni mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Avvaliga BATE o‘tgan mavsumdani inertsiya hisobiga ketma-ket g‘alabalarga erishdi. Mavsumning muhim pallasiga kelganda esa Aleksandr Mixaylovning shogirdlari pand bera boshladi. BATE 15-turda o‘z maydonida chempionat autsayderi “Arsenal-Dzerjinsk” futbolchilariga 1:2 hisobida yutqazdi. Bungacha Mixaylov jamoasi asosiy raqobatchilari “Energetik-BGU” va “Minsk” bilan o‘yinda ham ochko yo‘qotgandi.
Belaruslik mutaxassislar BATEga jamoani ortidan ergashtiradigan etakchi etishmayotganini ta’kidlamoqda. Bu vazifani aynan Shahboz Umarov bajarishi kerak edi. Demak, legionerimizdan voz kechgan murabbiylar shtabi yarim yilda ham uning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi topa olmagan.
Chempionat yarmiga kelib, ikki jamoa – “Energetik-BGU” va “Dinamo-Minsk”da qoldirilgan o‘yinlarni yutish orqali BATEdan o‘zib ketish imkoni bor. Hozir o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari "Energetik-BGU”ga muxlislik qilyapti.
Chunki bu jamoa safida Bobur Abduxoliqov, Shohruhbek Abdurahmonov, Abdulqodir Husanov va Abbosbek Jumaqulov singari o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari to‘p tepmoqda. “Energetik-BGU” rahbariyati va murabbiylar shtabi BATEdan farqli ravishda uzoq o‘lkadan kelgan iste’dodli o‘yinchilarni qadrlayapti va ularning jamoa muvaffaqiyatlariga qo‘shayotgan hissalarini e’tirof etib kelmoqda.
Shahboz Umarov esa har qanday yaxshi o‘yinchi kabi ishsiz qolmaydi. 23 yoshli futbolchimiz bundan buyon Qozog‘iston premer-ligasida yil oxirigacha o‘ynaydi. Dekabrda erkin agentga aylanadigan futbolchimiz keyinchalik faoliyatini qaerda davom ettirish masalasini qayta ko‘rib chiqish imkoniga ega.
To‘purar legionerimizda yaxshi yangilik bo‘ladi!
Evropalik ekspert legionerimiz mahoratini maqtadi!
Axir bu ishni Shomurodov uddaladi-ku!
O‘runov premer-liga klubi ko‘rigida qatnashgani bormadi! Endi nima bo‘ladi?
Bu transferlar amalga oshsa, Shomurodov “Roma”dan ketgani ma’qul!
Mourino Shomurodovni nega Rimda olib qoldi?
Ana xolos! Legionerimizning transferi barbod bo‘ldi!
O‘runovning ishlari yurishib ketdi. Ostonga Moskva klubi ham xaridor!
Fikrlar