Legionerlarimiz tarixiy chempionlik ostonasida

  • 2 oktabr, 2023, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Qozog‘iston Premer-ligasida “Ordabasi” jamoasiga muxlislik qilmoqda. Bunga sabab Chimkent jamoasi safida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ikki nomzod – Bobur Abduxoliqov va Shahboz Umarov to‘p tepmoqda.

Tecno

6411d88d1e8b0

Har ikki vakilimizning “Ordabasi”ning etakchi o‘yinchilaridan hisoblanadi va ushbu klubni tarixda ilk bor Qozog‘iston chempionligini qo‘lga kiritishi yo‘lida jamoaga yordam beryapti.

Qozog‘iston Premer-ligasida 14 ta jamoa o‘zaro raqobatlashyapti. Umumiy o‘yinlar soni 26 tani tashkil qiladi. Hozir chempionat hal qiluvchi pallaga kirgan.

24-turda bir necha e’tiborga molik uchrashuvlar bo‘ldi.

Musobaqada peshqadamlik qilayotgan “Ordabasi” futbolchilari Toldiqo‘rg‘onda “Jettisu” jamoasi mehmoni bo‘ldi.  Chimkentliklar mezbonlarning jiddiy qarshiligiga duch keldi. Shunga qaramay, ikkinchi bo‘limda Artyom Besedin va Temirlan Erlanovning gollari mehmonlarga 2:1 hisobida g‘alaba keltirdi. “Jettisu”ning yagona javob goliga Ilyos Amirsaitov mualliflik qildi.

Bu uchrashuvda Bobur Abduxoliqov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va 67-daqiqada zaxiraga olindi. Shahboz Umarov esa, zaxiradan maydonga tushib, yigirma daqiqadan ko‘proq harakat qildi.

Safardagi o‘yindan g‘alaba bilan ortga qaytgan “Ordabasi” ochkolari sonini 55 taga etkazib oldi va peshqadamlikni mustahkamaladi.  

Turning markaziy uchrashuvi ikkinchi o‘rinda borayotgan “Astana” va uchinchi pog‘onadan o‘rin olgan “Aktobe” jamoalari o‘rtasida kechdi. “Aktobe” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida poytaxtliklar darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Bu g‘alabadan keyin “Aktobe” o‘zidan bir pog‘ona yuqorida turgan “Astana”dan atigi bir ochkoga ortda qolmoqda. Har ikki jamoa so‘nggi turgacha kumush medal uchun kurashadigan bo‘lyapti.

Ta’kidlash joizki, “Aktobe” va “Astana” o‘rtasidagi o‘yin natijasi ko‘proq “Ordabasi” foydasiga ishladi. Eng yaqin ta’qibchi – “Astana” mag‘lubiyatdan keyin chempionat yakunlanishiga ikki tur qolganida chimkentliklardan olti ochkoga ortda qolmoqda.  

Endi legionerlarimiz jamoasi qolgan ikki turda bitta g‘alaba qozonsa ham, chempionat oltin medallariga ega chiqadi.  Keyingi raqiblar ham unchalik kuchli emas. “Ordabasi” 21 oktyabr kuni musobaqa jadvalida 10-o‘rinda borayotgan “Shaxtyor”ni qabul qiladi va aynan mana shu uchrashuvda chempionlikni rasmiylashtirishga urinib ko‘radi. So‘nggi o‘yin esa, 28 oktyabrda Premer-ligani tark aniq bo‘lib ulgurgan “Kaspiy” qarshi raqib maydonida bo‘lishi belgilangan.

Premer-liganing bu mavsumida “Kaspiy” bilan birga “Aksu” jamoasi quyi ligaga tushib ketgani muddatidan oldin aniqlandi.

“Ordabasi”ni chempionlikka etaklayotgan legionerlarimizdan Bobur Abduxoliqov mavsumning barcha uchrashuvida maydonga tushgan yagona futbolchi hisoblanadi. Hujumchimiz   bu o‘yinlarda raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.

500_64ac299a3a753

Shahboz Umarov esa, Premer-liganing 20 ta bellashuvida ishtirok etib, ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Legionerlarimizdan yutuqlari sirasiga Qozog‘iston Premer-ligasi chempionligini qo‘shib qo‘yishlarini umid qilib qolamiz!

Raneri Shomurodov haqida hech kim kutmagan gap aytdi

Legionerimizning goli jamoasini chempionlikka yaqinlashtirdi, o‘zi esa...

Legionerimiz qahramonlar qatorida

Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!