O‘runovning asosiy “muammosi” aytildi!

  • 26 oktabr, 2022, 23:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runovning Rossiya premer-ligasi vakili “Ural” bilan amaldagi shartnomasi qisqa fursatda bekor qilingani rus ommaviy axborot vositalarida keng muhokama  qilinmoqda.

Tecno

E’tiboringizga Rossiyada nom qozongan sobiq futbolchilarning legionerimiz haqidagi fikr-mulohazalarini havola qilamiz.

Valeriy Kechinov – “Paxtakor”  safida O‘zbekiston chempioni va milliy chempionatimizning birinchi to‘purari, “Spartak” tarkibida ko‘p karra Rossiya chempioni.

volga_55

- O‘runovning asosiy muammosi boshida – qandaydir psixologik xarakterdagi masala bo‘lsa ko‘rak. U “Spartak”ga olib kelingan paytda juda iste’dodli ekani yaqqol ko‘zga tashlanar edi. U texnikasi yaxshi va o‘yinni yaxshi tushunadigan futbolchi.

Keyinchalik voqealar rivoji uning jamoadan ketishi bilan yakunlandi.Eng katta muammosi psixologiya bilan bog‘liq, - dedi Valeriy Kechinov.

Anzor Kavazashvili – “Dinamo Tbilisi”, “Zenit”, “Torpedo Moskva”, “Spartak” va sobiq Ittifoq terma jamoasi darvozaboni, ikki karra mamlakat chempioni.

- Shubhasiz, O‘runovda katta iste’dod bor, lekin shu bilan birga o‘z o‘yinini ko‘rsatishga to‘sqinlik qilayotgan omillar ham borga o‘xshaydi.

Balki o‘z iqtidorini nazorat qila olmagan va to‘g‘ri yo‘nalishga sololmagandir.  Endi uning iste’dodi va yangi qirralarini ocha oladigan murabbiy qo‘l ostiga borishi kerak, - dedi Anzor Kavazashvili.

Andrey Kanchelskis – “Manchester Yunayted” tarkibida Angliya Chempioni, “Reynjers” safida ikki karra Shotlandiya chempioni, “Navbahor” jamoasi sobiq bosh murabbiyi.

navbahor-vystupil-s-zayavleniem-po-povodu-obvinenij-v-prestupnom-davlenii-na-kanchelskisa_16384541711911068084

- Oston yaxshi darajadagi futbolchi. O‘ylashimcha, “Spartak” unga mos bo‘lmagan jamoa. Futbolda o‘yinchi o‘ziga begona jamoaga kelib qolishi ko‘p uchraydigan holat. O‘runovga Rossiya premer-ligasida TsSKA va “Lokomotiv” kabi jamoalar mos edi, - dedi Andrey Kanchelskis.

Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, “sherlar” asosiy tarkuibidan joy tegmagach, iste’dodli yarim himoyachi “Navbahor”ga yo‘l oldi. Namanganda professional futbolchi sifatida shakllangan universal futbolchi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi sharafini ham himoya qildi.

Oston O‘runov 2020 yilning boshida Rossiya premer-ligasi vakili “Ufa”ga ko‘chib o‘tdi. Yarim mavsumdan keyin o‘zini kreativ o‘yin uslubi bilan qator grand klublar nishoniga tushgan legionerimizni “Spartak” o‘z safiga qo‘shib oldi.

Keyin Oston ikki marta ijara asosida “Ufa”da to‘p tepdi. Boshqirdiston jamoasi quyi ligaga tushib ketganidan keyin O‘runov “Spartak”ga qaytdi. Moskvaliklar ko‘p o‘tmay, shartnomani bekor qildi. Oston shu yilning sentyabr oyida “Ural” bilan 2024 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnoma tuzgan edi. Biroq, Ekaterinburg jamoasida uchta o‘yinda qatnashgan hamyurtimiz yana jamoasiz qoldi.

oston-urunov-zabil-pervyj-gol-za-spartak_1600280291389713168_2

21 yoshli futbolchimiz Rossiya premer-ligasida “Spartak”, “Ufa” va “Ural” safida jami 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, biror samarali ko‘rsatkich qayd eta olmadi.

O‘zbekiston terma jamoasiga ikkita gol urgan futbolchini “Real” chaqiryapti

O‘runov “Real”ga borsin, Anchelotti yangi futbolchi qidiryapti!

Shomurodov o‘rniga Ronaldu!

“Roma” yutqazdi, Shomurodov “sehrli tayoqcha” bo‘lolmadi, g‘azablangan Mourino nimalar dedi?

O‘zbek legioneridan boshqasini zo‘r, deb bo‘lmaydi!

Italiyalik muxlislar Shomurodov transferiga qanday munosabatda?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!