Qatar termasining JCh-2018 saralashidagi ishtirokiga oid faktlar

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 mart kuni JCh-2018 saralashi 3-bosqich 7-turida Toshkentda Qatar termasiga qarshi bahs olib boradi. Biz esa bo‘lajak uchrashuv oldidan ertangi raqibimizning ushbu saralashdagi ishtirokiga oid bo‘lgan faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Mavzuga oid:

>>O‘zbekiston – Qatar uchrashuviga oid faktlar va statistikalar

>>So‘nggi daqiqalar talvasasi

>>JCh-2018 saralash bosqichi. Biznikilar joylashgan guruh statistikasi

 

1. Qatar terma jamoasi JCh-2018/OK-2019 saralashidagi yurishini huddi O‘zbekiston singari ikkinchi raunddan boshlagan;

2. Qatar ikkinchi bosqichda Gongkong, Maldiv va Butan kabi jamoalarni ortda qoldirgan xolda hal qiluvchi bosqichga etib kelgan. Darvoqe, Qatar bilan birgalikda aynan o‘sha guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Xitoy ham saralashning final raundiga o‘tgan;

>>Gol urishni “Chicharito”dan o‘rganing yoxud Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

3. Qatarliklar ikkinchi bosqichda faqatgina Xitoyga safarda imkoniyatni boy berishgan. Qolgan barcha o‘yinlarni Xorxe Fosatti shogirdlari g‘alaba bilan nihoyasiga etkazishgan;

4. Qatar termasi ikkinchi bosqichda Butanga qarshi o‘yinda raqibni 15:0 hisobida mag‘lub etadi. Bu qatarliklar tarixidagi eng yirik g‘alaba sifatida tarix zarvaraqlaridan joy egallagan;

5. Ertangi raqibimiz ikkinchi bosqichda 27 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishning uddasidan chiqishgan. Bunday natijaga Yaponiya va Janubiy Koreya termalari ham ega bo‘lishgan o‘sha bosqichda;

6. Ertangi raqibimiz tarkibidagi Xasan al-Xaidos saralashda jami 7 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Taqqoslash uchun, O‘zbekiston termasida bu safargi saralashda eng ko‘p gol kiritgan futbolchi Sardor Rashidovdir – 5 ta gol;

7. Xorxe Fosatti boshqaruvidagi Qatar so‘nggi 4 o‘yinning birortasida g‘alaba nimaligini bilmagan;

8. Ushbu tsiklning birinchi davrasi yakunlariga ko‘ra Qatar termasi to‘p nazorati borasida bizdan ancha yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lganligini ta’kidlash joiz;

9. Biznikilar darvozaga aniq zarba yo‘llashga qiynalayotgan bir pallada qatarliklar har o‘yinda o‘rtacha 5,6 marta aniq zarba berayotganliklarini aytish joiz;

10. Ammo ularning bosh muammosi ham aynan shunda. Gap shundaki, Fosatti jamoasi juda ham ko‘p vaziyatlarni “uvol” qilishmoqda. Ayni shu sabab, ushbu bosiqchda ular hozirga qadar bor-yo‘g‘i 3 tagina gol kiritishgan xolos.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!