Raneri Shomurodovga qanday munosabatda ekanini aytdi

  • 4 avgust, 2023, 15:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Kalyari” safiga yangi qo‘shilgan Eldor Shomurodov bir necha kunlik mashg‘ulotlardan keyin ilk marotaba o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Tecno

Bosh murabbiy Klaudio Raneri legionerimiz imkoniyatini “Komo” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida sinovdan o‘tkazdi. Italiyalik murabbiy 28 yoshli futbolchimizni 61-daqiqada o‘yinga qo‘shdi.

363385278_833791494774872_1673561193202105631_n

Kladio Raneri mavsumga tayorgarlik,  Valle d'Aosta yig‘in natijalari, jamoa rejalari haqida intervyu berib, Eldor Shomurodovning harakatlarini baholadi.

Hissiyot haqida

“Kalbyari” men uchun katta ahamiyat kasb etadi. Maydonga chiqqanimizda ham, stadion atrofida ham, shaharning har qanday qismida ham odamlar bizni yaxshi kutib olishaji. Aosta vodiysida ham Italiya va Butun Evropadan kelgan odamlarning mehrining his qildik. Bu bizga quvvat berganini ta’kidlashim kerak.

Jamoaning holati haqida

Yaxshi ishladik va men hammadan mamnunman. Asosiy kamchiligimiz Rog, Lapadula va Mankosning jarohat olgani bo‘ldi. Ular bilan hech narsa qila olmadik va bundan afsusdamiz. Yankto yaxshi futbolchi. Olviyaga qarshi o‘yinda o‘zini yomon his qildi. Maydonda qolishni istaganiga qaramay       , uni o‘yindan oldik. Yangi futbolchilarni  jalb qilgan holda butun bir jamoaga aylanishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.

Imkoniyat haqida

Biz hozirning o‘zida eng yuqori pog‘onalarda bo‘la olmaymiz. Biz borimizni berib o‘ynashni o‘rganishimiz kerak. O‘ylashimcha, bu muammo bo‘lmaydi, hech kimning qarshisida qaltiramaymiz, chunki hammamiz A Seriyada o‘z kuchimizni sinab ko‘rishni istayapmiz. Oldinda hali murakkab jarayonlar bo‘ladi. Qo‘rquv – yo‘limizning bir qismi. Biz muammolar va yutuqlarni uyg‘undashtirishimiz talab etiladi. Chempionat oxirida esa, musobaqa jadvalida xavfsiz hududda bo‘lishimiz kerak.

Eldor Shomurodov haqida

Eldor Shomurodov o‘zi uchun chempionatni zo‘r o‘tkazmoqchi. “Komo”ga qarshi bahsda yarim soatga yaqin o‘ynadi. O‘zbek hujumchisida ikkita yaxshi golli vaziyat bo‘ldi. Biroq, ulardan foydalanishiga ayrim detallar xalaqit qildi.

Legionerimiz men undan murabbiy sifatida nimalarni istayotganimni anglab etdi va mashg‘ulotlarda juda yaxshi ishlayapti. Men bu holatdan juda mamnun ekanimni aytishim kerak.

3af9f86676ac04794c2fb8b1d0591ef5-34735-oooz0000

O‘yin uslubi haqida

Men turli raqamlar va qanday o‘yin usullariga bog‘lanib qolisho‘ni istamayman. Biz hujum chizig‘i uchun turli g‘oyalar topib, ular ustida ish olib boryapmiz. Bunda biz taktik sxemaga bog‘lanib qolmoqchi emasmiz, lekin raqib jamoaning xarakteristikasini inobatga olishimixzga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, himoya o‘ta tartibli o‘yin namoyish qilishi va birdamlik bilan harakat qila olishi kerak bo‘ladi. jamoamda zo‘r himoyachilar bor. Ularning aksariyati yosh. Bu o‘yinchilarga ozgina tajriba etishmayapti. Biroq, A Seriyada ular o‘sha tajribani o‘rganib olishlari uchun bir necha o‘yindan iborat imkoniyatlari bo‘ladi. Eng muhimi, jamoa poydevori mustahkam bo‘lishi kerak.

Fayzullaevning TsSKAga transferiga nima xalaqit qilyapti?

“Kalyari” muxlislari Shomurodov debyuti haqida nimalar deyapti?

“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?

Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

TsSKA mazza qiladi: Fayzullaevning kuchli tomoni ko‘p, kamchiligi esa...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
nawruz.eshmurodoff2017@gmail.com
03/08/2023 20:04
Олдиндан ҳар нарсаларни ёзиб кўз тегдирмай турайлик. Ҳар йили шунга ўхшаш нарсаларни мавсўм бошида эшитиб, мавсўм сўнгида нима бўлаётганини кўриб хафсаламиз пир бўляпти. Илтимос Абдулқодир Ҳусановни ҳам ҳозирдан мақтамайлик. Биз ҳам хоҳлаймиз европа топ жамоаларида футболчиларимиз етакчи бўлишини!!!
&
Бахриддин М.З.
04/08/2023 16:55
Пулига куйган ... совунни еган
экан. Мажбур ўйнатади ўйнай олмаса захирада ўтиради
&
Сурхан Ангор
04/08/2023 00:48
Ўйинларни юлдузлар ёки рақамлар эмас бир бутун жамоа ютади! Бу Элдор учун жуда катта имконият менимча! Бир вақтлар М.Қосимов кечаси билан тўп билан ишлаганини эшитганмиз, охир оқибат Қосимов жарима тепса аниқ гол урарди! Асосий қоида мехнатсеварликда! Кеча Элдорга омад етишмадими йўқ омадни илиб кетолмади совуққонлик, кучли ирода керак бу чемпионат Европага тегишли! Моур анча имкон берди топ клуб тренери ундан кўп имкон бермайди ва бошқаси хам натижа учун майдонга тушуради! Элдор ука бу сен учун топ чемпионтда охирги имкон бўлиши мумкин! Олға Ўзбек ўғлони!