"Real" raqobatda Shomurodovga yutqazayotgan futbolchisidan “Roma”dan ketishni talab qilmoqda

  • 11 sentabr, 2021, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda Evropa chempionlar ligasi yo‘llanmasi va UEFA Konferentsiyalar ligasi bosh sovrini uchun kurashayotgan “Roma” tarkibida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Tecno

Bosh murabbiy Joze Mourino asosan bir hujumchi o‘ynaydigan taktikadan foydalanmoqda va bu  o‘z samarasini beryapti. Portugaliyalik mutaxassis shogirdlari hozircha Konferentsiyalar ligasi va A Seriyada to‘rtda rasmiy uchrashuvda qatnashib, barchasini o‘z foydasiga hal qildi. To‘rtta o‘yinda raqiblar darvozasiga jami 12 ta to‘p kiritilgani ham Mourino qo‘llayotgan usul foyda berayotgandan dalolatdir.

Mourino jamoasida boshlang‘ich tarkibdan muqim o‘rin olayotgan yagona hujumchi Temmi Abraxamdir. Birinchidan, rimliklar bu futbolchini “Chelsi”dan poytaxtga olib kelish uchun o‘z tarixidagi eng katta xarajatni amalga oshirib, 40 million evro to‘lagan. Ikkinchidan, yosh hujumchi jamoada eng ko‘p – yiliga 4,5 million evro maosh va qo‘shimchasiga 1,5 million evro bonus oladi. Klub uchun qimmatbaho yulduzga aylangan o‘yinchini hatto qaysar Mourino ham zaxiraga mixlab qo‘ya olmaydi.

84980599

Uchinchidan, tan olish lozimki,  Temmining o‘zi ham deyarli har bir uchrashuvda golli vaziyatlarda bevosita ishtirok etib, klub rahbarlari, murabbiylar shtabi, xususan, Joze Mourinoning ishonchini to‘la oqlamoqda.

“Roma”ning asosiy tarkib hujumida o‘ynash uchun o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov, italiyalik Stefan El-Shaaravi, ispaniyalik  Karlos Peres va Borxa Mayoral o‘zaro raqobatlashishi lozim. Yuqorida keltirilgan omillar hisobiga ayni paytda Temmi Abraxam raqobatdan tashqarida.

Qolgan hujumchilar orasida Eldor Shomurodov angliyalik hujumchining asosiy o‘rinbosari hisoblanadi. Abraxam kelguniga qadar legionerimiz Joze Mourinoning birinchi raqamli hujumchisiga aylanib ulgurgandi. O‘zi ilk daqiqalardan o‘ynagan uchrashuvlarda gol va assistlarsiz maydonni tark etmagan hamyurtimiz, keyingi paytda zaxiradan maydonga tushib,  o‘ziga berilgan 10-15 daqiqa ichida xavfli vaziyatlarda ishtirok etishni uddalayapti.  

“Roma” hujumida yuzaga kelgan kuchli raqobat va hozirgi vaziyat “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelottini bezovta qila boshladi.

Sababi “Qirollik klubi” tarbiyalanuvchisi Borxa Mayoral ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi va mahoratini charhlab borishi uchun Rim klubiga ijaraga berilgan edi. Madridliklar yaqin kelajakda yosh hujumchi xizmatlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda va uni hali hisobdan chiqarishgani yo‘q. Faqat doimo maydonda bo‘lishi uchun “Real” uni 2020 yilning oktyabrida 2022 yilning 30  iyuniga qadar “Roma”ga jo‘natgan va ijara evaziga ikki million evroni sanab olgan.

4609607ce11eca90dfec299f808bd

Borxa “Roma”dagi debyut mavsumida muntazam o‘ynadi va hujumchilar o‘rtasida eng yaxshi natijani qayd etdi. O‘tgan chempionatda u A Seriyada jami 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini o‘n marta ishg‘ol qilgandi. Joze Mourino kelib, o‘zi istagan transferlar orqali vaziyatni o‘zgartirib yubordi.

AS nashrining yozishicha, Karlo Anchelotti “Roma”ga Abraxam va Shomurodov kelganidan keyin zaxiraga mixlanib qolayotgan Mayoraldan jamoasini o‘zgartirishni talab qilyapti. Italiyalik murabbiy  yozda ijarani bekor qilishga harakat qildi. Yozgi transferlar oynasining oxirida madridliklar Borxani uni ijaraga olmoqchi bo‘lgan “Kristal Pelas” va “Fiorentina”dan biriga o‘tkazib yubormoqchi edi. Biroq, Joze Mourino mavsum endi boshlanganini inobatga olib, Mayoralni qo‘yib yuborishdan bosh tortdi.

74bba1a97979007a136731bffaa9fc2c4bfcc452_1

Umuman olganda, mutaxassislar Joze Mourino ikkita hujumchi bilan o‘ynash taktikasiga ham qo‘l urishini ta’kidlamoqda. “Roma” A Seriyadan tashqari Italiya kubogi va Konferentsiyalar ligasi musobaqalarida ham ishtirok etishini inobatga olsak, hamma futbolchi ham o‘z imkoniyatiga ega bo‘ladi. Faqatgina ulardan shu imkoniyatdan unumli foydalanish talab etiladi xolos.

Mourino Shomurodovga bir so‘z bilan ta’rif berdi!

Oston O‘runov ishonchni yo‘qotdimi?

Shomurodov vorislari. Markaziy Osiyodan kimlar Evropada o‘ynashga qodir?

Shomurodov yo‘qolgan qizchaning topilishiga sababchi bo‘ldi!

Abraxamning kelishi “Roma”da kutilmagan muammo chiqardi! Buni Shomurodovga ta’siri bormi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
10/09/2021 23:40
Майёррал ўзига бошқа жамоа қидираверса ҳам бўлади. Темми Абраҳам ва Элдор бор, Эл Шаравий, Карлос Перецдек ўйинчилар бор жойда Борҳага.жой топилиши қийинов. Реал тренерини ҳавотири асосийда ўйнашига ишонмайдида Борҳани.