Ronalduni Abduqodir Husanov o‘ynayotgan musobaqaga chaqirishdi

  • 23 yanvar, 2024, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning mashhur futbolchilari va murabbiylari uchun Osiyo qit’asiga yo‘l ochib bergan yulduz sifatida tarixga kirgan Krishtianu Ronalduning bir fikri katta e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Tecno

“An-Nasr” to‘purari o‘zi o‘ynayotgan Saudiya Arabistoni professional ligasi va Frantsiyaning Liga 1 musobaqasini taqqoslab, ayni paytda osiyoliklarning ligasi kuchliroq ekanini ta’kidlagan edi.

65170cbc02e8bd4c5c4b7d2c

- Men Saudiya Arabistonida bir yildan beri o‘ynayotganimni inobatga olib, bu chempionat Liga 1 musobaqasiga qaraganda raqobatbardosh ekanini ayta olaman. Bizning liga hozirning o‘zi Frantsiya chempionatidan kuchli, - degan edi Krishtianu Ronaldu.

Portugaliyalik yulduzning iddaosiga Frantsiya chempionatiga befarq bo‘lmagan murabbiylar, mutaxassislar, futbolchilar o‘z munosabatini bildirmoqda. Bu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda juda keng muhokama qilinyapti. Ularning aksariyatida Ronalduning fikri tanqid ostiga olinayotgan bo‘lsa, Krishtianuning gapini to‘g‘ri sanayotganlar ham yo‘q emas.

Frantsiya chempionati ishtirokchisi “Brest” bosh murabbiyi Erik Rua Krishtianu Ronalduga taklif bilan chiqdi.

- Men Krishtianu Ronalduni bu erga, maydonga taklif qilaman. U buni qabul qiladimi yo‘qmi, bilmayman, lekin bir kelsin.

Gap men uning fikriga qo‘shilmasligim haqida emas. Masala Ronaldu hech qachon Liga 1 o‘yinlarida ishtirok etmaganida. Shunday ekan qanday qilib o‘zi o‘ynamagan ligani solishtirish mumkin?

Buning uchun avval bu erga kelib, ligamizda o‘ynab ko‘rish kerak. Men uning fikrini hurmat qilaman, biroq boshqa gapim yo‘q, - dedi Erik Rua.

Frantsiya chempionatining oliy divizioni – Liga 1 musobaqasi Angliya Premer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Germaniya Bundesligasi va Italiya A Seriyasi qatorida Evropaning “top-5” ligalarini tashkil qiladi.

Darhaqiqat, Krishtianu Ronaldu Evropadagi faoliyati davomida “top-5” ligalar orasida Angliya, Ispaniya va Italiya chempionatlarida o‘ynagan. Portugaliyalik yulduzga Germaniya va Frantsiya yuqori divizionlarda o‘ynash nasib qilmagan.

Biz uchun ahamiyatli tomoni, Frantsiya chempionatida Abduqodir Husanov to‘p tepmoqda. 19 yoshli futbolchimiz vitse-chempion “Lans” futbolchisi hisoblanadi.

Husanov Frantsiya chempionatida o‘ynayotgan yagona o‘zbek futbolchisi.

photo_2024-01-03_20-14-19

Kuchli beshlik chempionatlaridagi yana bir vakilimiz Eldor Shomurodov faoliyatini Italiyada davom ettirmoqda. Qizig‘i shundaki, Shomurodov A Seriya o‘yinlarida “Yuventus” sharafini himoya qilgan Krishtianu Ronaldu bilan maydonda raqobatlashgan futbolchimiz hisoblanadi.

So‘nggi yillarda Frantsiya futbolida Kilian Mbappe, Neymar, Lionel Messi kabi jahon futboli yulduzlari ham faoliyat olib borgan.

Yaxshiboevning chempion jamoaga transferi barbod bo‘lishi mumkin. Boshqa yaxshi variantlar bor

“Real”ga supergol urgan Yaxshiboev o‘ziga yangi jamoa topdi

G‘alaba qozonmasak bo‘lmaydi! Avstraliyaliklar ham, o‘zbeklar ham sensatsiyani ko‘zlayapti

Hindlar O‘zbekistonga qarshi o‘yin oson kechishiga ishongandi. Raqibning 3 ta xatosi!

Fayzullaev, Husanov va o‘zbek futbolchilariga dunyoda qanday baho berishyapti?

O‘zbekistonning g‘alabasiga Hindistondan qanday munosabat bo‘ldi?

Hindlar qaysi futbolchilarimizdan cho‘chiyapti?

Shomurodovning sensatsion transferiga nima xalaqit qilyapti?

Germaniyalik ekspertlar Hindiston bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga qanday baho berdi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
22/01/2024 08:57
Тугрисиде Псж дан бошкаси хаммаси латта, конкуренция йук