Shomurodov golli seriyani davom ettirishi kerak!

  • 9 may, 2021, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyada chempionlik masalasi muddatidan oldin “Inter” foydasiga hal bo‘lgan esa-da, qolgan jamoalarning har biri o‘z maqsadiga yarasha imkon boricha ko‘proq ochko ishlab olishga harakat qilmoqda. Bu chempionat yakunini keskin va murosasiz o‘tishini ta’minlayapti.

Tecno

O‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiborida turgan uchrashuvda “Jenoa” o‘z maydonida “Sassuolo”ni qabul qiladi.

35-tur uchrashuvida har ikki jamoa ham faqat g‘alaba uchun harakat qilishi tayin. Garchi “Jenoa” xavfli zonadan besh ochkolik farq bilan uzoqroqda joylashgandek ko‘rinsada, mavsumning hal qiluvchi pallasida vaziyat istalgan paytda o‘zgarib ketishi mumkin.

158287165_4367517569925796_6818305316766061551_o

Genuyaliklar oxirgi oltita uchrashuvdan faqat bittasida ochko yo‘qotmadi xolos. Shu bois, Davide Ballardini shogirdlari ligadagi o‘rnini kafolatlash va xotirjam bo‘lish uchun qolgan to‘rtta uchrashuvda ijobiy ko‘rsatkich qayd etishi kerak.

“Sassuolo” ayni paytda “Jenoa”dan har tomonlama kuchli. Bu klub beshta uchrashuvdan beri engilmayapti. Roberto De Dzerbi shogirdlari ana shu bahslarda “Benevento”, “Fiorentina”, “Milan”, “Sampidoriya”ni mag‘lub etdi, “Atalanta” bilan to‘qnashuvdagina  ochko bo‘lishishga rozi bo‘ldi. Bu natijalar 53 ochko jamg‘argan “Sassuolo”ni sakkizinchi o‘ringa ko‘tardi. Roberto De Dzerbi endi shogirdlaridan Evropa Ligasi yo‘llanmasini beradigan kuchli ettilikka kirishni talab etmoqda.

36 ochko bilan 13-pog‘onani egallab turgan “Jenoa” uy jamoasi hisoblanadi. Genuyaliklar o‘z maydonidagi ketma-ket 11 ta uchrashuvdan beri mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda. “Sassuolo” shu paytgacha “Jenoa” maydonida ettita o‘yin o‘tkazib, faqat bir marta g‘alaba qozongan.

Umuman olganda esa, “Jenoa” va “Sassuolo” o‘zaro 15 marotaba kuch sinashgan. Genuyaliklar shu bahslardan beshtasida zafar quchgan, uch marotaba durang o‘ynab, etti marta imkoniyatni boy bergan. To‘plar nisbati ham shunga yarasha bu galgi mehmonlar foydasiga – 28:19.

Ta’kidlash joizki, “Sassuolo”ning eng kuchli tomoni xuddi “Jenoa” kabi hujum chizig‘i hisoblanadi. 22 ta uchrashuvda 11 ta gol urgan Franchesko Kaputo jarohatidan forig‘ bo‘lib, safga qaytdi. Domeniko Berardi esa,  oxirgi to‘rtta bellashuvda to‘rtta to‘p kiritib, gollari sonini 15 taga etkazib oldi. Mehmonlar tarkibida ikki himoyachi – jarohatlangan  Filippo Romanya va diskvalifikatsiyasi bor Marlon jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.

“Jenoa” tarkibida jarohatlanganlar ko‘proq. Jamoa sardori va etakchisi Domeniko Krishito, Luka Pellegrini va Davide Biraski jarohati bois maydonga tushmaydi.

160213833_4384411234903096_6891468591745235700_o

Bizni qiziqtirayotgan masala Eldor Shomurodovning maydonga tushishi. Hamyurtimiz keyingi paytda ancha faol o‘ynayapti. O‘zbek legioneri ketma-ket ikki uchrashuvdan beri maydonni golsiz tark etmayapti. U qayd etayotgan ko‘rsatkichlarga ishongan holda hujumchimiz “Sassuolo”ga qarshi bahsda qatnashishidan umidvormiz.

Bundan tashqari, Shomurodov bir marotaba “Sassuolo” darvozasini ishg‘ol qilishni uddalagan edi. Birinchi davra o‘yinida raqib maydonidagi bellashuvda Eldorning aniq zarbasi “Jenoa”ni mag‘lubiyatdan qutqara olmagandi.

Umuman olganda esa,  Eldor A Seriyada beshta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi. Hamyurtimiz debyut mavsumida “Parma”, “Sassuolo”, “Verona”, “Setsiya” va “Latsio” darvozalarini ishg‘ol qildi. Shomurodov gol urgan o‘yinlarda genuyaliklar to‘rt ochkoni qo‘lga kiritdi.

160898097_4384410311569855_6504831346853920197_o

“Jenoa” va “Sassuolo” o‘rtasidagi bahs 9 may kuni Toshkent vaqti bilan 15:30 da boshlanadi.

“Luiji Ferraris” stadioni mezbonlik qiladigan uchrashuvni Mauritsio Mariani boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.

O‘zbek legionerlarining qadri o‘tyapti

Transfermarkt o‘zbekistonlik to‘purarning Angliya klubiga o‘tish imkonini baholadi!

A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti!

Ikki klub O‘runov sababli tortishyapti!

Shomurodovning ortidan kim boradi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!