
Tezkor! Shomurodovga zo‘r klub xaridor! Bosh direktor buni tasdiqladi.
“Roma”ga kerak bo‘lmay qolgan Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan jamoalar soni tobora oshib bormoqda.
A Seriyada yuqori o‘rinlar uchun kurashib, Evrokuboklarga yo‘llanma olishni maqsad qilgan “Sassuolo” hujum chizig‘ini o‘zbek futbolchisi yordamida kuchaytirmoqchi. Buni klub rasmiylari tan oldi.
- Bizdan Shomurodovga qiziqayotganimizni so‘rashyapti. Ha shunday. Shomurodov o‘zini A Seriyada nimalarga qodirligini ko‘rsata olgan yaxshi futbolchi. Bundan ortiq ma’lumotlarni oshkor qila olmayman, - dedi “Sassuolo” bosh direktori Jovanni Karnevali.
Eldor Shomurodov o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 40 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga beshta gol va oltita assist rasmiylashtirdi. Rim klubi bilan 2026 yilning yarmigacha shartnomaga ega bo‘lgan futbolchimiz sakkiz million evroga baholanmoqda.
Shomurodovga xaridor klublarning aksariyati uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi.
Mourino kutayotgan o‘yinchiga boshqa xaridorlar chiqdi
Joze Mourino klub rahbariyatidan erkin agent maqomida yurgan Andrea Belottini transfer qilishni so‘ramoqda.
Biroq poytaxt klubiga italiyalik to‘purarni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Chunki bu futbolchiga xaridor bo‘layotgan klublar safi ko‘payib bormoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Torino”ning sobiq hujumchisiga Frantsiya va Germaniya chempionatlari vakillaridan chorlov bo‘lyapti.
Xususan, “Marsel” klubi Belottini o‘z safiga qo‘shib olish uchun futbolchining agentlari bilan muzokara boshlagan.
Shuningdek, Erling Xolandni sotib yuborgan “Borussiya” to‘purar hujumchi qidiryapti va bu pozitsiyasiga Belottini olib kelmoqchi.
Vilyarga yana ikki xaridor chiqdi
“Roma” asosiy tarkibiga kira olmagan Gonsalo Vilyar yozda poytaxt klubini tark etishi hal bo‘lgan masala hisoblanadi.
Iste’dodli yarim himoyachi o‘ziga yangi jamoa tanlashi kerak. O‘tgan mavsumni ijara asosida “Xetafe” safida yakunlagan o‘yinchiga xaridor ko‘payib bormoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, A Seriyaning ikki klubi – “Montsa” va “Sampdoriya” Joze Mourino qadrlamagan o‘yinchiga ish berishga tayyor.
Har ikki klub ispan futbolchisini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsum ijaraga olmoqchi.
Sport direktori Tyagu Pinto Vilyarni 10 million evroga baholamoqda. Rim klubi bilan yana ikki yillik shartnomaga ega futbolchi faoliyati davomida 153 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rttadan gol va assist qayd etgan.
“Sampdoriya” Shomurodov bo‘yicha bayonot berdi!
Tezkor! Shomurodov juda kuchli futbolchi. U bizga kerak!
Tezkor! Shomurodovga da’vogar klublar soni uchtaga etdi! Eldor qay birini tanlaydi?
Tezkor! Shomurodovga yangi xaridor chiqdi!
O‘runov men ishlagan eng zo‘r o‘yinchilardan!
Shomurodovni qo‘lga kirita olmagan superklub “Roma”dan boshqa hujumchi oladi!
Rossiya va Belarus klublari taklifiga qaramagan legionerimiz premer-ligaga kelganidan xursand
Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!
Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!
To‘purar legionerimizda yaxshi yangilik bo‘ladi!
Fikrlar