To‘purar legionerimiz eng zo‘r futbolchilar qatoridan joy oldi
Sports.kz Qozog‘iston premer-ligasining 10-tur yakunlariga ko‘ra, ramziy terma jamoa tuzib chiqdi.
Mazkur chempionatda “Aktobe” sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev “Jettisu” maydonida o‘tkazilgan uchrashuvda xet-trik qayd etib, bitta golli pas ham uzatdi. E’tiborlisi, hamyurtimiz har uchala golini boshi bilan darvoza to‘riga joyladi.
Uchrashuv “Aktobe”ning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shuningdek, Igor Sergeev chempionatdagi gollari sonini oltitaga etkazib, to‘purarlar poygasida braziliyalik Joao Paulo bilan birga peshqadamlik qilmoqda. Paulo oltita goldan ikkitasini penaltidan kiritgan.

Igor Sergeev jamoasi navbatdagi tur uchrashuvini 14 may kuni “Kaysar” futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar