
TsSKA Fayzullaev uchun “dahshatli” summa so‘raydi!
Hozircha Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki vakili to‘p tepmoqda. Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabridan beri Italiya A Seriyasida o‘ynayotgan bo‘lsa, o‘tgan yoz Abduqodir Husanov Frantsiya chempionatida o‘ynagan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi.
Bir necha kun oldin Angliya Premer-ligasining “Brentford” klubi “Paxtakor”dan Muhammadali O‘rinboevni ijaraga olgani haqida rasmiy ma’lumotlar tarqatildi. Iste’dodli futbolchimiz bu klubning asosiy tarkibida emas, balki yoshlar jamoasida o‘ynaydi.
O‘zbek futbolchilari orasida Evropaning kuchli ligalariga o‘tish imkoniyati eng yuqori baholanayotgan o‘yinchi Abbsobek Fayzullaev hisoblanadi. TsSKA safida mavsumning birinchi qismini yuqori saviyada o‘tkazgan 20 yoshli legionerimiz Qatardagi Osiyo kubogida ham yorqin o‘yin namoyish qildi.
Ayni paytda hujumkor futbolchining Evropa ligalariga o‘tish imkoniyati keng muhokama qilinmoqda.
Moskvaning TsSKA klubi sobiq futbolchisi Vladimir Vladimir Ponomaryov Abbosbek Fayzullaev haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- TsSKAning Abbosbek Fayzullaev bilan uzoq muddatli shartnomasi bor. Shuning uchun bu o‘yinchini olmoqchi bo‘lgan klub “armiyachilar”ga juda ko‘p miqdorda pul to‘lashi kerak.
Agar yaxshi taklif bo‘lsa, transferni amalga oshirish mumkin, biroq TsSKA Fayzullaev uchun “dahshatli” badal puli talab qiladi.
Umuman olganda, Abbos yaxshi yigit, to‘pni ushlab turishni, zo‘r pas berishni, hujum tashkil qilishni mahorat bilan uddalayapti.
Bizning futbolda unga o‘xshagan o‘yinchilar yo‘qligi uchun ham Fayzullaev Premer-ligada juda tez ko‘zga tashlandi. Bosh bilan o‘ynamaydi, lekin o‘ylaydi, to‘p bilan yaxshi yuguradi. Uning driblingi yaxshi, bu tabiatan berilgan.
Bizda bunaqa o‘yinchi yo‘q, hamma o‘zinikiga pas berish orqali o‘ynaydi, ko‘pincha orqaga to‘p uzatiladi. Yopiq paslar umuman yo‘q, hech qaysinisi aniq pas bilan hujumchini oldingi chiziqqa chiqara olmaydi.
Shunday ekan, Abbosbek Fayzullaev hozir eng zo‘ri bo‘lib turibdi. Mavsumni yaxshi boshladi, yakunlangan yilni yaxshi o‘tkazdi.
Endi buyog‘iga qanday o‘ynashini ko‘ramiz. Chunki hozir hamma uni nimalarga qodirligini bilib qoldi, raqiblar unga qarshi alohida e’tibor bilan o‘ynashadi, sheriklariga aniq pas berishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishadi. Biroq, Abbosbek Fayzullaev maydonni yaxshi ko‘ra olishini ham ta’kidlash lozim, - dedi Vladimir Ponomaryov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tganidan keyin Abbosbek Fayzullaevning transfer summasi bir necha baravar oshib, hozir 4 million evroni tashkil qilmoqda. Ekspertlarning ta’kidlashicha, Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatli o‘yini yangi reytingga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va hujumkor futbolchining transfer summasi yana ko‘tarilishi kutilyapti.
Portugaliyalik mashhur agent Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyatini qanday baholadi?
Xorijlik ekspert ispanlarga Fayzullaev haqida ma’lumot berdi
Raneri Shomurodov qachon maydonga qaytishini aytdi
Terma jamoamiz etakchisini Rossiyaning bir necha klublariga taklif qilishdi...
Bizga Fayzullaevning gollarini ko‘rsatishyapti
O‘zbekiston Qatarni yutadimi? Terma jamoamizni yaxshi biladigan ekspertlar xulosasi
Legionerimiz transferiga qanday baho berishdi?
TsSKA Fayzullaevni qo‘yib yuborishi kerak!
Fayzullaev TsSKAda uzoq qolmaydi – Evropaga ketadi!
Markaziy Osiyoda Eldor Shomurodov darajasidagi futbolchi yo‘q!
Irismetov Rossiya klublariga O‘zbekiston va Tojikistondan o‘yinchi tanlab berdi
Fikrlar