Ham “Yuventus”, ham “Milan”da o‘ynagan 5 yulduz
Ertaga oqshom Italiya A Seriyasining 28-turida “Yuventus” o‘z maydonida azaliy raqiblaridan biri – “Milan”ni qabul qiladi. Shahzod Xolboev esa bo‘lajak uchrashuv oldidan har ikkala jamoada ham to‘p surgan mashxur yulduzlar haqida hikoya qiladi.
Zlatan Ibragimovich

“Milan”: 2 mavsum, 61 o‘yin, 42 gol
“Yuventus”: 2 mavsum, 70 o‘yin, 23 gol
2004 yilning 31 avgust kuni 16 mln evro evaziga “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan Ibragimovich “Yuve” tarkibida u qadar yaxshi o‘yin namoyish etgan emas. Shunday bo‘lsada, ikki mavsum Turinda to‘p surgan shvetsiyalik hujumchi “keksa sinora” safida 23 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ladi.

2010 yil esa “Barselona”dan “Milan”ga ko‘chib o‘tgan Zlatan yana o‘zini ko‘rsatishni boshlab yuboradi va klubning skudettoni qo‘lga kiritishida o‘zining munosib hissasini qo‘shadi. “Rossonerilar” safida esa Ibragimovich ikki mavsum to‘p surib, 42 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etadi.
Andrea Pirlo

“Milan”: 9 mavsum, 284 o‘yin, 32 gol
“Yuventus”: 3 mavsum, 120 o‘yin, 16 gol
2001 yilning iyul oyida 10 mln dollar evaziga “Milan”ga taklif etilgan Pirlo bu jamoada 9 mavsum to‘p suradi. Buncha vaqt davomida esa 32 bor gol kiritishning uddasidan chiqqan Andrea jamoa bilan kki bor skudettoni qo‘lga kiritadi va yana shuncha marta EChLda zafar quchadi.

2011 yil “Yuventus” bilan 3 mavsumga mo‘ljallangan shartnomani imzolagan Pirlo bu jamoa bilan skudettoni qo‘lga kiritgan bo‘lsada, EChLda g‘olib chiqish nasib etmaydi.
Roberto Badjo

“Yuventus”: 5 mavsum, 141 o‘yin, 78 gol
“Milan”: 2 mavsum, 51 o‘yin, 12 gol
Badjo 1990 yilda o‘sha vaqtlarda record narh evaziga “Yuventus”ga ko‘chib o‘tadi. Bu erda 5 yil to‘psurgan Badjo “byankonerilar” bilan ilk skudetto va ilk xalqaro sovrin(UEFA kubogi)ni qo‘lga kiritgan Roberto bosh murabbiy – Marchelo Lippi bilan “san-man”ga borgani sabab, “Milan”ga yuboriladi. “Rossonerilar” safida ikki mavsum harakatlangan AQSh-94 mundiali antiqahramoni bu jamoa bilan ham skudettoni qo‘lga kiritishga erishadi. Ammo Badjoning “Milan”dagi samaradorlik ko‘rsatkichiga havas qilib bo‘lmaydi.
Patrik Vieyra

“Milan”: 1 mavsum, 2 o‘yin
“Yuventus”: 1 mavsum, 38 o‘yin, 5 gol
20 yoshida “Kann”dan “Milan”ga taklif etilgan Vieyra jamoadagi katta raqobat sabab, “Arsenal”ga o‘tadi.
2005 yil esa “to‘pchilar” uni 13,7 mln funt evaziga “Yuventus”ga pullashadi. “Keksa sinora” safida bir mavsum to‘p surgan frantsuz “Yuve” B Seriyaga tushib ketgach, “Inter”ga o‘tib ketadi.
Juzeppe Meatstsa

“Milan”: 2 mavsum, 37 o‘yin, 9 gol
“Yuventus”: 1 mavsum, 27 o‘yin, 10 gol
“Inter” klubi afsonasi bo‘lgan Meatstsa “Milan”da ham, “Yuventus”da ham faoliyatining so‘nggida o‘ynaydi. Ko‘r ichak sohasidagi muammolari sabab, “Inter”dan ketgan Juzeppe, “qizil-qoralar” safida ikki mavsum to‘p surib, 9 ta gol kiritishga erishadi, xolos. Keyinchalik esa “Yuve” safiga kelib qo‘shilgan Meatstsa “Milan”dagiga nisbatan ancha yaxshi o‘yin namoyish etadi.
Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar