
Karlo Anchelottining murabbiylik faoliyatiga nazar
Kuni kecha “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Gamburg” klubiga qarshi bahsda murabbiy sifatidagi 1000-o‘yinini o‘tkazdi. Biz esa 57 yoshli Anchelottining murabbiylik faoliyatiga nazar solishni maqsad etdik.
Evropa ligasi ham qiziqarli yoxud mazkur turnirda eng ko‘p muxlis to‘plagan 5 o‘yin
Luis Enrike davrida “Barselona”da kimlar debyut qildi?
“Rejjina”
Karlo butsalarini “mixga ilganidan” so‘ng murabbiylik kurslarida o‘qidi va Italiya termasida Arrigo Sakkiga yordamchilik qildi. 1995 yilda esa Anchelotti B Seriyada o‘ynovchi “Rejjina” klubiga murabbiy etib tayinlandi. Anchelotti boshliq “Rejjina” esa mavsumni 4-o‘rinda yakunladi va A Seriyaga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
“Manchester Yunayted” basketbol klubi haqida eshitganmisiz?
Kasilyas vs Buffon dueli tarixi
“Parma”
1996 yilning yozida “Parma”ga murabbiy etib tayinlagan Anchelottining ishlari avvaliga umuman yurishmadi. Jamoa uning qo‘l ostidagi debyut o‘yinida 1–3 hisobida “Peskara”ga mag‘lub bo‘ladi. Umuman “Parma”dagi ikki mavsumda Karlo jamoasi 86 o‘yin o‘tkazib, shulardan 42 tasini o‘z foydasiga xal etadi xolos. Bunga albatta, etakchi futbolchilarning jamoani tark etgani ham ta’sir etgan bo‘lishi tabiiy.
EChLda eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan jamoalar
“Oltin butsa”ga da’vogarlik qilayotgan 10 futbolchi
“Yuventus”
1999 yilning fevralida Anchelottini Marchelo Lippining o‘rniga “Yuventus” murabbiyligiga taklif etishadi va 2001 yilga qadar “Karlo ota” turinliklarga ustozlik qiladi. Anchelotti “keksa sinora” bilan 1999 yilgi Intertoto kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Qayd etish joiz, mazkur sovrin Anchelottining murabbiylik faoliyatidagi dastlabki tituli edi.
“Milan”
Anchelotti 2011 yilning noyabr oyida Fotix Terimning o‘rniga “Milan” bosh murabbiyligiga keladi. Qayd etish joiz, Karlo “rossonerilar” boshqaruvidagi 8 yilda shuncha sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi.
“Chelsi”
Muvaqqat murabbiy – Gus Xiddinkning o‘rnini egallagan Anchelotti “aristokratlar”ni ikki yil boshqardi va jamoasi bilan 3 ta mahalliy sovrinni qo‘lga kiritdi. Anchelotti uchun tumanli Albiondagi ilk mavsum omadli o‘tgan bo‘lsada, keyingilari u qadar “silliq” kechdi deyish mushkul.
“PSJ”
“PSJ”ga katta sarmoya kiritilganidan so‘ng investorlar Anchelottini “Park de Prens”ga olib kelishdi. Parijga mavsum o‘rtasida kelgan Anchelotti dastlabki mavsumda “PSJ” bilan hech nimaga erishmaydi. Na, mahalliy va na xalqaro maydonda. Ammo kelgusi mavsumda “Karlo ota” parijliklarni Frantsiyada tengsiz qilishga muvaffaq bo‘ladi va Faranglar yurtida yil murabbiyi sifatida e’tirof etiladi. Bu uning Frantsiyadagi faoliyati davomida erishgan yagona shaxsiy va jamoaviy sovrinidir.
“Real Madrid”
2013/14 yilgi mavsum avvalida Joze Mourinoning o‘rniga taklif etilgan Anchelotti xuddi “Chelsi”da sodir bo‘lgani kabi, dastlabki mavsumni a’lo darajada o‘tkazdi. Jumladan, uzoq kutilgan “desima” qo‘lga kiritildi va buning ketidan yana ikkita musobaqada ham g‘alaba qozondi. Biroq Madriddagi ikkinchi mavsum u qadar omadli chiqmadi va “Real”ning talabchan rahbarlari Anchelottiga chiqish eshiklarini “ko‘rsatib qo‘yishdi”.
“Bavariya”
Anchelottining “Bavariya” ishlashi 2015 yilning dekabridayoq ma’lum edi. Har ishni rejalashtirishib qiladigan nemislar Gvardiolaning o‘rniga keladigan mutaxassisni ispaniyalik murabbiy jamaodan ketishi oldidan aniqlab olgan edi. Hozircha esa, “Karlo ota”ning Germaniyadagi ishlari joyida. Jamoa barcha musobaqalarda birdek muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar