Professional bokschimiz Moskvada g‘alabasiz seriyasiga barham bermoqchi
O‘zbek bokschilari jahonda o‘z o‘rnini topib bormoqda. Ayniqsa so‘nggi vaqtlarda professional charm qo‘lqop ustalarimiz turli vazn toifalarida Osiyo va jahon chempionligi kamarlarini qo‘lga kiritmoqda hamda titullar uchun janglarni davom ettirmoqda.
10 fevral kuni ikki engilmas bokschimiz – Qudratillo Abduqahhorov (9-0-0, 6 KO) va Azizbek Abdug‘ofurov (4-0-0, 4 KO) Singapurda tashkil etiladigan professional boks kechasida navbatdagi jangini o‘tkazishsa, yana bir professional bokschimiz Qobiljon Bobojonov (2-2-0, 1 KO) 15 fevral kuni rossiyalik Maksim Churbanovni (4-2-1) sinovdan o‘tkazadi. 6 raund qilib belgilangan jang Moskvada tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qobiljon o‘tkazilgan to‘rtta jangining dastlabki ikkitasida g‘olib chiqqan bo‘lsa, keyingi ikkitasida mag‘lubiyat alamini tortishga majbur bo‘lgan. U so‘nggi marta o‘tgan yilning oktyabrida ringga chiqib, rossiyalik Denis Lazarevni (6-0-0, 2 KO) mag‘lub bo‘lgan.
Shuningdek, mazkur boks kechasida yana bir professional bokschimiz Izzat Ibrohimov ham ringga chiqadi.
Bo‘lajak jangda hamyurtimizga omad tilaymiz.

Fikrlar